Geodeziya, kartografiya, geografiya


 Geodeziyaning bo’limlari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma

2.2 Geodeziyaning bo’limlari 

                                                 

19

 www.referat.uz 



 


36 

 

Geodeziya  yerning  shakli  va  kattaligini  o’rganishda,  yer  yuzidagi 



nuqtalarning  bir-biriga  nisbatan  o’rnini  aniqlashda,  yer  yuzining  karta,  plan  va 

profillarini  barpo  qilishda  hamda  injernerlik  inshootlarini  barpo  qilishda 

bajariladigan  o’lchashlar  nazariyasi  va  praktikasi  haqidagi  fandir.Yer  yuzida 

bajariladigan  geodezik  o’lchashlar  xilma-xil  bo’lib,  unda  asosan  yer  yuzining 

quyidagi elementlari: 

1) Yer yuzidagi  chiziqlar uzunligi, 

2) Chiziqlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar, 

3)  Yer  yuzidagi  nuqtalarning  boshlangich  nuqta  deb  qabul  qilingan  nuqtaga 

nisbatan  balandligi  o’lchanadi.  Bu  o’lchashlarda  hilma-hil  geodezik  asboblar 

ishlatiladi. 

Geodezik o’lchashlardan foydalanib yerning shakli va kattaligi aniqlaniladi. 

Geodezik  o’lchashlar  nafaqat  yer  yuzida,  balki  yer  bag’rida,  derngiz  satxida 

va fazoda ham olib boriladi.Geodezik o‘lchashlar yer sirtida, dengizlarda, koinotda 

va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni o’lchash asboblari yordamida olib 

boriladi.  Jamiyat  taraqqiyotiga  ko‘ra  geodeziya  fani  ham  rivojlanib  bir  necha 

mustaqil fanlarga bo‘lindi: 

1).  Oliy  geodeziya  -  Erni  shakli  va  kattaligi,  gravitatsion  maydonini,  yer 

yuzasidagi 

nuqtalarni 

yagona 


koordinata 

sistemasida 

aniqlash 

bilan 


shug‘ullanadigan  fan.  Erni  shakli  va  kattaligini  aniqlash,  geodezik  tayanch 

shaxobchalarini barpo qilish oliy geodeziya faning vazifasidir;

20

 

2).Yerning  suniy  yo’ldoshlari  va  kosmik  kemalar  uchirilishi  natijasida 



geodeziya  yerning  shakli  va  kattaligini  aniqlashda  yangi  muhim  vositaga  ega 

bo’ldi.Rossiyada  yerning  birinchi  suniy  yo’ldoshi  1957-yilda  uchirildi,  shundan 

beri o’tgan davr  ichida yerni suniy yo’ldoshlarini geodezik maqsadlarda kuzatish 

natijasida  yerning  shakli  va  kattaligi  to’g’risida  juda  muhim  ma’lumotlar 

to’planadi.Yerning  suniy  yo’ldoshlari  va  kosmik  kemalardan  yerning  shaklini 

aniqlash  bilan  birga,oliy  geodezik  metodlarda  yechib  bo’lmaydigan  ba’zi 

masalalarni  hal  qilishda,  chunonchi,  materiklardan  Dunyo  okeanidagi  orollarga 

nuqta  koordinatalarni  uzatishda,  yer  yuzida  o’tkazilgan  asosiy  geodezik  ishlarini 

yagona 

sistemaga 

birlashtirishda 

va 


materiklardagi 

geodezik 

tayanch 

shaxobchalarni 

tekshirishda 

ham 


foydalanilmoqda.Buning 

natijasida 

geodeziyaning kosmik geodeziya deb yaratiladigan soxasi vujudga keldi. 

21

 



3). Selenogedeziya - oyning shakli, kattaligini va oy yuzasi kartasini tuzishni 

o‘rganadi;[2] 

                                                 

20

 Oliy geodeziya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma 



21

 Qo’ziboyev T. “Geodeziya” 

 

O`zbekiston, 1975- yil.6-b 



 


37 

 

4). Planegeodeziya - Quyosh sistemasidagi planetalarning shakli va kattaligini 



xamda ular yuzasining kartasini tuzish bilan shug‘ullanadigan fandir; 

5).  Geodeziyada  radiolakatsiyadan  ham  keng  foydalaniladi.Hozirgi  vaqtda 

radiolakatsiya  dengiz  va  havo  navigatsiyasining  asosi  hisoblanadi.Geodeziyada 

radioelektronikadan  asosan  masofa  o’lchashda  foydalanilib,  bu  metodda  masofa 

o’lchaydigan 

asboblar 

radiodalnomer 

va 


svetodalnomer 

deb 


yuritiladi.Geodeziyaning  masofa  o’lchashda  radioelektronika  metodlari  bilan 

shug’ullanadigan tarmog’i radiogeodeziya deb ataladi. 

6).  Geodeziyaning  asosiy  amaliy  vazifalaridan  biri  yer  yuzasini    topografik 

karta,  plan  va  profillarini  tuzishdir.  Topografik  karta,  plan  va  profillarini  tuzish 

uchun bajariladigan  geodezik  ishlar  yig’indisi plan  olish deyiladi. Hozirgi  vaqtda 

plan  olishning  turli  usullari  qo’llanilmoqda.  Geodeziyaning  topografik  plan  olish 

nazariyasi va praktikasi bilan shug’ullanadigan soxasi Topografiya deb ataladi. 

7).  Topografik  karta  va  planlar  tuzishda  aviatsiya  va  fotografiyaning  keng 

ishlatilishi  tufayli  geodeziyada  fototopografiya  va  aerofototopografiya  degan 

soxalar ham vujudga keldi.Fototopografiya joyning yerda turib olingan suratlariga 

asoslanib  topografik  karta  va  planlar  tuzish  ishi  bilan  aerofototopografiya  esa 

joyning  samolyotga  o’rnatilgan  maxsus  asboblar  yoradamida  olingan  suratlariga 

asoslanib  karta  va  planlar  tuzish  ishi  bilan  shug’ullanadi.Fototopografiya  kichik 

territoriyalarning  aerofototopografiya  esa  katta  territoriyalarning  topografik 

kartalarini tuzishda qo’llaniladi. 

8).  Kartografiya  -  yer  yuzasining  kartalarini  tuzish,  o‘rganish  va  foydalanish 

usullarini o‘rganadigan fan; 

9).  Amaliy  geodeziya    fani  qurilishda,  tog’  qidiruv  ishlari  hamda  bino 

inshootlarni  geodezik  kuzatishda  yuzaga  keladigan  turli  xil  amaliy  va  ilmiy 

masalalarni  yechishda  topografik  -geodezik  ta’minlash  usullarini  o’rganadi.Qisqa 

ma’noda  amaliy  geodeziya  topografik-geodezik  qidiruv,  bino  va  inshootlar 

deformatsiyasini aniqlash ishlari bilan shug’ullanadi.

22

 

Amaliy  geodeziya  o‘z  navbatida  injenerlik  geodeziya  va  qurilish  geodeziya 



tarmoqlariga bo‘linadi; 

10).  Yer  yuzini  geologik  geografik  va  boshqa  jixatlarini  o’rganishda  tabiiy 

boyliklarni  hisobga  olishda  ulardan  unumli  foydalanishda,  shuningdek  turli 

injenerlik  inshootlarini  qurishda  masalan,  gidrotexnika,  gidromelioratsiya,  sanoat, 

uy-joy, kommunal xo’jalik qurilishlarida va boshqa shu kabi ilmiy-amaliy ishlarida 

geodezik  o’lchashlar  juda  ham    ko’p  bajariladi.  Mamlakatimiz  territoriyasi  turli 

injenerlik-qidiruv  ishlari  olib  borilishi  va  hilma-hil  injenerlik  inshootlari  qurilishi 

natijasida  geodeziyaning  yana  bir  soxasi  –injenerlik  geodeziyasi  vujudga  keldi. 

Injenerlik  geodeziyasi  turli  injenerlik  qidiruv  ishlarida  injenerlik  inshootlarini 

                                                 

22

 Sh.K.Avchiyev  «Amaliy geodeziya»,-Toshkent :Voris 2010   4-b 




38 

 

loyihalash  va  qurishda  ulardan  foydalanishda  geodezik  ishlarni  tashkil  qilish  va 



bajarish bilan shug’ullanadi.

23

 



11)  Geodeziyaning  shaxta,  tunel,  metro  va  boshqa  yer  osti  inshootlarini 

qurishda  yer  bag’rida  o’lchash  ishlarini  bajarish  bilan  shug’ullanadigan  soxasi 

marksherderiya  deb  yuritiladi.Marksherderiya  geodeziyaning  tog’  fani  va 

texnikasida qo’llanilishidir. 

Asosiy  geodezik  ishlar  natijasi  yer  po’stlog’ining  xarakati,  materiklarning 

siljib  okean  va  dengizlar  satxining  bir-biridan  farqi  kabi  masalalarni  yechishga 

imkon beradi. 

Geodeziyaning asosiy amaliy vazifalaridan biri yer yuzining topografik karta, 

plan va profillarni tuzishdir. 

Geodeziya 

fani 

va 


texnikasi 

kundan-kunga 

rivojlanmoqda 

va 


mexanizatsiyalashtirilmoqda,  yangidan-yangi  o’lchash  metodlari  qo’llanmoqda, 

avtomatik,  optik-mexanik,  elektron  va  radiogeodezik  asboblar  o’zlashtirilmoqda, 

ulardan foydalanilmoqda.   


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling