Geoekologik vaziyat va uning sistemali tahlili. R e j a
Download 25.04 Kb.
|
Geoekologik vaziyat va uning sistemali tahlili.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ekologik vaziyat va uni nazorat mezonlari
Geoekologik vaziyat va uning sistemali tahlili. R e j a: 1. Ekologik vaziyat va uni nazorat mezonlari. 2. Ekologik vaziyat darajalari va ularning tasniflanishi. 3. Atrof muhitning hozirgi geoekologik holatini nazorat mezonlari. 5. O`zbekistonda hozirgi ekologik vaziyat va aholi salomatligi. 1.Ekologik vaziyat va uni nazorat mezonlari Agarda shaharda ekologik vaziyat yomonlashdi desak, bunda albatta, atmosferaning zavod dudkarnaylari va transport dudkarnaylaridan chiqadigan gazlar bilan shuningdek ichimlik suvining sifatini yomonlashganligi suv havzalarining ifloslanishi va hokazolarni tasavvur qilamiz. Zavodlarda ekologik vaziyat normada desak, bunda zavod atrofini tabiati yaxshi holatda degani emas. Tutun, qurum, sulfat angidrid (S02), azot kabilar, zavod dudkarnaylaridan chiqib turadi. Uzatish quvurlari orqali suv bilan chiqindilar ajralib chiqadi. Go‘yo zavod mahalliy hokimiyat nazoratidan uzoqda ishlayotgandek tuyuladi. Ushbu «normativ chiqindilar» qo‘shni o‘rmonga, atrofidagi tuproq, o‘simlik va hayvonlarga shuningdek, odamlarga ta’siri boshqa masala hisoblanadi. Bu masala ham ko‘tariladi, ammo ancha kech bo'lgan bo‘ladi. Biz havo, suv va tuproqning ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishi va uning oqibati haqida ko‘p narsa bilmaymiz. Olimlar va keyinchalik hamjamiyat, ko‘pchilik davlatlar iqlimning o‘zgarishini, ozon qatlamining siyraklashishini, o`rmonlarni kesib tashlash, yomon oqibatlarga olib kelishini payqab yetdilar. Yaqinda ko‘z oldimizda kelib chiqqan ekologik o'zgarishlar mintaqaviy va umumbashariy muammolarga aylanmoqda. Orol dengizi qurib bormoqda, o‘lkamizda cho‘llanish jarayoni kuchayib bormoqda. O‘zbekiston hududida ekologik vaziyat hamma joyda ham bir xil emas. Vohalarda tuproqlarning sho‘r bosishi, shamol va suv nurashiga duchor bo‘lgan yerlar, o‘simlik qoplami qisqarayotgan yaylovlar va hokazolar. Ekologik vaziyatni to‘g‘ri baholashda va uni barqarorlashtirish uchun harakat qilish lozim. Ekologik vaziyatni 3 darajasi ajratiladi: 1 qanoatlantirarli: II o‘rtacha: III keskin. 1 darajali ekologik vaziyat holatini saqlab qolish mumkin. 0‘rtacha darajadagi vaziyatlarni avvalo, barqarorlashtirish, keyin qanoatlantirarli darajaga qaytarish choralarini ishlab chiqish mumkin, keskin darajadagi ekologik vaziyat hududiy jihatdan uncha katta emas, ammo qo‘shni tizimlarga ta’sir etish juda xavfli bo‘lish mumkin. Nihoyat, ekologik tanglik ekologik vaziyatni keskin darajadagi holat rivojlanishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Ekologik halokat yoqasida turgan ahvolni tez qisqa muddatlarda o‘rtacha va qoniqarli bosqichlarga keltirish muhim vazifa hisoblanadi. Ekologik vaziyatni murakkablashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun atrof muhitga zararli chiqindilarning chiqarishini kamayishiga erishish kerak. Respublikamizda, bugungi kunda bu masalaga e’tibor kuchaytirildi. Sanoat korxonalari dudburonlaridan havoga chiqadigan zararli chiqindilarni tutub qoluvchi va zararsizlantiruvchi samarali moslamalar o‘rnatish, kam chiqindili yoki chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish, chiqindilardan turli mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim. Suv havzalariga oqova suvlar tushumini kamaytirish va butunlay tushirmaslik uchun harakat qilish lozim, bu bilan daryolarning suvlari tozalanadi, aholi orasida kasalliklar kamayadi. Yerlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yo‘qoladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish oson emas, buning uchun yoshlarning faolligi va ilmiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish zarur bo‘ladi. El sog‘lig‘ini hisobga olib, ushbu loyihalarning majmuasini bosqichma-bosqich amalga oshirish, ekologik va gigienik muammolarning yechilishini tezlashtiradi. Ekologik muammoning tarkib topishi va rivojlanishi muammoli vaziyatning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. Muammoli vaziyat – atrof muhitning nomaqbo‘l (salbiy) ekologik, sotsial va iqtisodiy oqibatlarga sabab bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan antropogen (ba’zan tabiiy) o‘zgarishidir. Bu tushuncha har qanday ekologik komponentlarni yoki ularning majmualarining (mexanik ta’sir, fizikaviy, kimyoviy va biologik ifloslanishi, chiqindilardan nooqilona foydalanish va boshqalar tufayli) landshaftlar (geosistemalar)ning buzilishini qamrab oladi. Ekologik muvozanat – tabiiy muhitdagi uning asosiy komponentlarining o‘z – o‘zini tartibga solishi yoki qayta tiklanishi tabiiy yoki insonning aralashuvi bilan sun’iy yo‘l bilan dinamik holatini saqlab turishidir. Ekologik muvozanat – ma’lum chegaralangan hudud (landshaft)da jonli va jonsiz tabiat o`rtasidagi tenglik, to`g`ri munosabat, bir-birlarini taqoza qilishi, ma’lum darajadagi o`lchamlari (kirim-chiqim, biomassa va b.) bilan tavsiflanadigan xususiyatlari, jonli organizmlarining o`zaro munosabatlaridan iborat. Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Buzilish natijasida avvalo o`simlik gruhlarining tarkibi va tuzilmasi zararlanadi. Ta’sir qisqa muddatli va barqaror bo`lishi mumkin. Qisqa muddatli ta’sir natijasida geosistema favqulodda, ba’zan bir tekis o`zgarishga uchraydi (bu hol ta’sir sajiyasiga bog’liq). Ekologik muvozanatning buzilishi geosistemadagi tabiiy balansnng o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq. Ekologik muvozanatni saqlash inson hayoti uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda ekologik xizmatning muhim vazifasidir. Ekologik muvozanat tufayli ekosistemada muayyan sifat holati saqlanib turadi yoki muayyan geografik joy va geologik davr uchun xos bo‘lgan suksession () rivojlanish qatorida bir ekosistemaning boshqasi bilan almashinuviga olib keladigan energiya va moddaning kirimi va chiqimining dinamik tengligi bo‘ladi. Muayyan sistemaning shakllaninshiga imkon beradigan ekolgik vaziyatni ta’minlovchi komponentlarning miqdoriy birikmasi ekologik komponentlar balansi deyiladi. Landshaftda nisbat yoki muvozanatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi landshaftning modda va energiya balansi deyiladi. Balans – landshaftga keladigan, undagi jarayonlarga sarflanadigan va geosistemadan chiqib ketadigan modda va energiya miqdorini solishtirhdir. Fan – texnika taraqqiyoti insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatuvchi qudratini oshishiga va buning natijasida uning ishlab chiqarish va fan – texnika (taraqqiyoti) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillar – industrilizatsiya va urbanizatsiya, energetika xom ashyo resurslarining kamayishi, tabiiy dinamik muvozanatning buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit sifatining yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. Fan – texnika taraqqiyoti sharoitlarida jamiyat rivojlanishining shart – sharoitlari bo‘lgan tabiiy resurslarlan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ta‘kidlash lozimki, har qanday miqyosdagi ekologik muammo tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy gegrafik qonuniyatlar asosida ro‘y berishi tufayli geografik muammo ham hisoblanadi. Chunki, har qanday ekologik muammo muayyan hududda – geosistema, landshaft, tabiiy kompleksda tarkib topadi va rivojlanadi. Ekologik muammo geosistema doirasida o‘rganilishi lozim. Chunki, landshaft – tabiiy resurslar manbai va insonning hayotiy muhitidir. Insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri miqyosi ma’lum me’yorgacha bo‘lishi kerak, ta’sirnng ma’lum me’yordan oshib ketishi bilan ekologik muvozanat buziladi. Buning oqibatida tabiatning aks ta’siri unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha bor oshib ketishi mumkin (masalan, Orolbo‘yi mintaqasi).Geoekologik muammolarning tarkib topishi va rivojlanishi landshaftlarda ekologik muvozanatning buzilishi bilan bog‘liq. Inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarininig o`zgarishi natijasida tabiiy muhitda o`zgarishlar sodir bo`ladi..Tabiatdan foydalanish tamoyillarining buzilishi nafaqat atrof muhitda o`zgarishlarga olib kelmaydi, balki jamiyatda ham aks ta’sir shakllanadi. Boshqacha aytganda, jamiyat tabiiy resurslardan qanchalik asoslangan holda foydalanishga qarab shunchalik naf ko`radi. Bu jarayonda tabiiy muhitda turli darajada vaziyat tarkib topadi. vujudga kelishiga ko`ra ekologik vaziyatlarni o`rganish amaliy ahamiyatga ega. Download 25.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling