Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Geoekologiya sohasidagi idoraviy nazoratni


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Geoekologiya sohasidagi idoraviy nazoratni amalda vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ekologik xizmat-
lari o‘z tasarrufidagi korxonalar hamda tashkilotlar ustidan 
nazoratni olib boradilar.


44
Geoekologiya sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini
– kor-
xona, tashkilot, birlashma, muassasalardagi ekologik xizmatlar 
amalga oshiradilar. Bu o‘rinda milliy qonunlarda ko‘pincha 
aks etmay qolgan muassasani alohida ta’kidlab o‘tish darkor. 
Chunki ta’lim sohasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida 
geotizimlardan oqilona foydalanish, yangi turdagi madaniy 
o‘simliklar, kimyoviy vositalar va dorilarni yaratish, ularni 
sinab ko‘rish mobaynida ishlab chiqarish faoliyatining 
ekologik talablarga javob berishini nazorat qilish ham ekologik 
xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Idoraviy 
ishlab chiqarish va jamoatlarning ekologik nazoratining tashkil 
etilishi, faoliyat yuritishi, huquq va majburiyatlari tegishli 
qonun hujjatlari va nizomlarda berilgan bo‘ladi.
Geoekologiya sohasidagi jamoat nazorati nodavlat tash-
ki 
lotlari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqaruv organ-
larining ekologik boshqaruv funksiyasidan kelib chiqadi. Unda 
geoekologik nazorat – fuqarolar yig‘ini kengashi, kengash 
qoshidagi maxsus ekologik komissiyalar yoki shaxslar, ekologik 
nazorat bo‘linmalari, mehnat jamoalari, faol mutaxassislar 
guruhi, jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladi.
2.4. Geoekologik ekspertiza, audit va konsalting
Geoekologik ekspertiza. Ekspertiza so‘zi lotinchada «exper-
tus»
– tajribali degan so‘zdan olingan bo‘lib, u ma’lum bir 
masalani yoki yuzaga kelgan holatni tajribali mutaxassis 
tomonidan xulosalab berish demakdir. Ekspertiza turli fan va 
xo‘jalik sohalarida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lib, voqea 
va hodisalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilash, o‘lchash va aniqlash 
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ushbu sohadagi mutaxassislar 
xulosasiga muhtoj holatlarni inobatga oladi.
Ekspertiza
– rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik 
va boshqa xil faoliyatning muayyan bir talablarga muvofiqligini 
tajribali mutaxassis tomonidan xulosalash.


45
O‘zbekiston Respublikasi ekologik qonunchiligida ilk 
bor ekologik ekspertiza 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan 
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning maxsus VI 
bo‘lim 24–27-moddalarida yoritib berildi. Ushbu qonunning 
4-moddasida esa ekologik ekspertizaning majburiylik 
prinsipi belgilab qo‘yildi. Lekin «Tabiatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida»gi qonun ekologik eks pertizaning imperativ (qat’iy) 
shartlarini belgiladi, xolos. Uning asl mohiyati, turlari, olib 
borish metodlari, muddatlari, prinsiplari va obyektlari esa 
yoritilmay qolgan edi. 2000-yil 25-mayda qabul qilingan va 
shu yilning 1-iyulidan kuchga kirgan «Ekologik ekspertiza 
to‘g‘risida»i O‘zbekiston Respublikasi qonuni huquqiy-ekologik 
mexanizmni shakllantirishda va uni hayotga tatbiq qilishda 
katta hissa qo‘shdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling