Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

An’anaviy kuzatish
instrumental, vizual holda olib 
boriladi. Instrumental kuzatishda geotizimlardagi barcha 
ekologik indikatorlar, ya’ni organizmlar va ularning atrof 
tabiiy muhitiga ta’sir etuvchi hodisa va jarayonlarni qayd 
etuvchi asbob-uskunalar ishlatiladi. Masalan, erozion 
jarayon 
larni taxiyometrik, geofizik va reperlar orqali kechu-
vini o‘lchab borish. Kameral 
→ dala → kameral izlanish-
lar orqali turli masshtabdagi kartalarda yuzaga kelgan 
geoekologik holatni aks ettirish. Vizual kuzatish esa 
marshrut 
– ekspeditsiyalarda yuzaga kelgan holatni muayyan 
geokartochkalarda qayd etish orqali olib boriladi.
Aerokosmik-masofali geoekologik monitoring samolyot, ver-
tolyot, kosmik apparatlardan olingan rasmlar hamda videolav-
halar (2.3.2-rasm) asosida geotizimlarni umumlashgan tarzda 
yoki ularning komponentlari bo‘yicha baholash, tahlil qilish va 
tegishli chora-tadbirlarni tavsiya etish orqali amalga oshiriladi. 
Keyingi paytlarda geoekologik monitoringda kvadrokopter va 
dron atroflicha foydalanilmoqda (2.3.3-rasm). Yuqorida nomlari 
tilga olingan metodlar yordamida ikki guruhli geoekologik indi-
katorlar aniqlaniladi: birinchisi, geotizimlarga ta’sir etuvchi abio-
tik, biotik va antropogen omillarni aniqlash, ularning ta’sir ku-
chi, yo‘nalishi, hajmi, maydoni kabi ma’lumotlarni yig‘ish ham-
da ularni tahlil qilish; ikkinchisi, geotizimlar holatini baholash, 
tahlil qilish va tegishli optimallashtirish yo‘llarini tavsiya etish.
Odatda, lokal (mahalliy) va milliy geoekologik monitoring 
davlatning vakolatlangan organlari tomonidan olib boriladi. 
Regional va global geoekologik monitoring davlatlararo 
tuzilgan maxsus birlashmalar yoki xalqaro tashkilotlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday geoekologik monitoring 
geomonitoringdan kengroq va chuqurroq qatlamni qamrab 
oladi. Lekin ekologik monitoring geoekologik monitoringdan 
kelib chiqadi va biri ikkinchisini to‘ldirib boradi.


41
km
1000 
gacha
250...300
15...20
2...–5
0
VII 
daraja Kemalar
V, VI darajalar
Avtomobillar
IV daraja
II daraja
III daraja
Fazoviy 
kemalar
Samolyotlar,
havo sharlari
Dirijabllar,­
vertolyotlar, 
deltoplanlar
YSY
Turg‘un datchiklar
2.3.2-rasm. Geoekologik monitoringni olib borish usullari.
2.3.3-rasm. Geoekologik monitoringni olib borishda kvadrokopter
va dronlardan foydalanish.


42

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling