Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Geoekologik nazorat va monitoring
Download 1,08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat
- Geoekologik nazorat tizimiga
2.3. Geoekologik nazorat va monitoring
Davlatning ekologik boshqaruvida kadastr qilingan geoti- zim lar kishilik jamiyatini o‘rnatilgan tartibda foydalanish larini tekshirib borish uchun ekologik, jumladan geoekologik nazorat olib boriladi. Geoekologik nazorat – geoekologik munosabat subyektlarining faoliyatlarini vakolatlangan davlat organlari, nodavlat notijorat tash- kilotlari, jamoat birlashmalari va vakolatlangan shaxslar tomonidan tekshirib borish va tegishli choralarni amalga oshirish tizimi. Nazorat – subyektlarni ularga biriktirilgan obyektlar bo‘yicha fao- liyat larini tekshirish va tegishli oqibatlarni keltirib chiqarish tizimi. Geoekologik nazorat o‘tkazish ekologik qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan, xususan 2013-yilning 27-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ekologik nazorat to‘g‘risidagi me’yor va qoidalarning bajarilishini tekshirib borish hamda tegishli yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish, davlatning ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dastur, reja va loyihalarini ro‘yobga chiqarish kabi vazifalarni bajarish uchun olib boriladi (2.3.1-rasm). Geoekologik nazorat ekologik boshqaruv mexanizmining ajralmas bir qismi bo‘lib, u geotizimlarni muhofaza qilish, buzilganlarini esa qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Geoekologik nazorat tizimiga: – subyektlarni ularga biriktirilgan obyektlar bo‘yicha faoliyat- larini kadastr ma’lumotlariga asoslangan holda tekshirib borish; – olingan ma’lumotlarni umumlashtirish hamda tegishli davlat organlari va jamoat birlashmalariga topshirish; 37 2.3.1-rasm. Geoekologik nazorat obyektlari, shakllari, turlari va metodlari. – fuqarolarning ekologik faoliyatlarini baholash; – tegishli xulosalar chiqarish va chora-tadbirlarni belgilash; – yuridik va jismoniy shaxslarning ekologik faoliyatlariga litsen ziyalar berish; – noekologik faoliyat yuritayotgan shaxslarning harakat yoki harakatsizliklarini ogohlantirish, huquqlarini cheklash, faoliyatla- rini bekor qilish yoki to‘xtatib turish; 38 – tegishli javobgarlikka tortish yoki rag‘batlantirish. Yuqoridagi fikrimizdan ko‘rinib turibdiki, geoekologik nazorat juda keng qamrovli va turlicha yo‘nalishdagi faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun ham u yagona tizimga birlashtiriladi. Geoekologik nazorat xizmatiga: monitoring xizmati; davlat inspeksiyalar xizmati; huquqni muhofaza qilish davlat organlari xizmati; ichki idoraviy va ishlab chiqarish organlar xizmati; jamoat birlashmalari xizmati kiradi. Download 1,08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling