Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Karta
– Yer yuzasining, boshqa osmon jismlarining yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlash- tirilgan tasviri bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar orqali kerakli obyektlarni ko‘rsatadi. Toshkent viloyatining Tabiatni muhofaza qilish kartasi hisobotida milliy ekologik qonunchilikda normativ mezonlar va javobgarlik sanksiyalarini differensial holda geotizimlar doirasida qayta ishlab chiqish taklif etildi. Kartaning mazmun va mohiyatini o‘zgartirmagan, lekin geotizim ko‘rsatkichlari va atrof-muhit muhofazasini detallashtirgan tarzda O‘zbekiston, jumladan, Toshkent viloyati tumanlari miqyosida 1: 10 000 dan 50000 masshtabgacha ishlab chiqishni ommaviy darajasiga olib chiqish darkor. Davlat budjeti va homiylarning moliyaviy mablag‘larini joriy etish orqali O‘zbekiston Respublikasining 2017–2021-yil largacha bo‘lgan Harakatlar strategiyasini amalda bajarish davrda atrof- 29 muhitni muhofaza qilish Davlat dasturiga kiritish taklif etiladi. Kartaning illyustrativ va elektron versiyalarini yaratish uchun yillik moliyalashtirish hajmi tuman miqyosida taxminan 80– 100 mln. so‘m, viloyat miqyosida 200–250 mln. so‘mni tashkil etadi (2017-yil so‘mning qiymati bo‘yicha). Respublika bo‘yicha umumlashtirish muddati 5 yil. Bunday kartografik baholash orqali davlat boshqaruvi organlari muayyan ma’muriy hududlar- da ekologik munosabatlarni geotizim lar orqali iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tartibga solish imkoniyatini yaratadi. Xavf – organizmlarning bexatar hayot kechirishlari, jumladan odam larning hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir etuvchi kuchlar (omil lar) holati. Yuqorida tahlil qilingan har ikkala kartadagi tasniflash tajribasi geotizimlarni son va sifatdan kompleks geoekologik baholashni 5 vaziyat bo‘yicha guruhlarga ajratishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: – qoniqarli (tabiat va jamiyat munosabatlari uyg‘unlikda, ya’ni deyarli o‘zgarmagan); – xavfsiz (antropogen faoliyat geotizimlar holatini 20 foizga- cha o‘zgartirgan); – xavfli (antropogen faoliyat geotizimlar holatini 50 foizga- cha o‘zgartirgan); – o‘ta xavfli (antropogen faoliyat geotizimlar holati 80 foizgacha o‘zgargan); – falokatli (antropogen faoliyat geotizimlar holati 80 foizdan ortiq o‘zgargan). Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling