24
2-bob. GEOEKOLOGIK BAHOLASH, KADASTRLASH,
NAZORATLASH, MONITORINGLASH VA EKSPERTIZALASH
Yuqorida aytib o‘tildiki, «Geoekologiya»ning maqsadi,
vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlaridan biri geotizimlar
doirasida tabiat va jamiyat munosabatlari nuqtayi nazaridan
ekologik baholash, ularning holatini
nazorat qilish, davriy
o‘zgarishini monitoring qilib borish va kelajak istiqbollarini
prognozlash (ilmiy bashoratlash)dir.
Geoekologik boshqaruv samaradorligini ta’minlashda muta-
xassislar to‘rt muammoning yechimini topishni tavsiya eta-
dilar:
geoekologik kadastr
→ nazorat → monitorinng →
ekspertiza tizimini yo‘lga qo‘yish; ekologiyalashtirilgan
tex
no
logiyalarni amaliy geoekologiyaga keng joriy etish;
fuqarolarning geoekologik madaniyatini ko‘tarish.
Keyingi
ikki muammoning yechimi davlatning izchil geoekologik
boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish bilan uzviy bog‘langan.
Masalan, geotizimlarni tasniflash va ularda ekologik va-
ziyat holatini son va sifat jihatdan baholash
→
baholangan
geotizimlarni tez o‘zgaruvchan va moslashuvchan zamonaviy
elektron kartografik asosini yaratish
→
geoekologik obyekt-
larning davriy o‘zgarishlarini nazorat qilish va monitoringini
olib borish
→ geoekologik ekspertizani yo‘lga qo‘yish → aybli
harakat yoki harakatsizliklari uchun
shaxslarni javobgarlikka
tortish
→ ijobiy harakatlarni rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: