19
kurrasida qayta tiklanmaydigan jarayonlar boshlanadi va ular
XXI–XXII asrlar oralig‘ida global
geoekologik falokatga olib
kelishi mumkin. Alohida xavotirli vaziyat Yevropa qit’asida yu-
zaga keladi. Chunki G‘arbiy yevropa o‘zining tabiiy resursla-
rini asosan tamom qildi va o‘zgalarnikidan foydalanishga o‘tdi.
Shuning uchun ham BMT Bosh assambleyasining 1989-
yil dekabr oyidagi 44\428-sonli rezolutsiyasida barqaror riv-
ojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning
maxsus konferensiyasini chaqirish to‘g‘risida
qaror qabul
qilindi va u alohida mavzu tariqasida kun tartibiga kiritil-
di. Unda Barqaror rivojlanish konsepsiyasi davlatlar va bu-
tun dunyo hamjamiyatining xususiyat,
mohiyat va tarkibiy
jihatdan bir me’yorda (stabil) rivojlantiruvchi qarashlar
tizimi ekanligi e’tirof etildi. So‘nggi 27 yil ichida mazkur
mavzuga bag‘ishlangan o‘nlab konferensiya va sammitlar
o‘tkazildi. Vaqt o‘tgan sari
uning mazmuni va mohiyati
o‘zgarib bordi va qo‘shimchalar kiritildi. 1992-yil Rio-de-
Janeyro konferensiyasidan boshlab atrof-muhitni muhofaza
qilish faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bilan birga-
likda hal etilishi mumkin ekanligiga
dunyo hamjamiyati
iqror bo‘lib bordi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
– bir me’yorda rivojlangan davl-
atlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarki-
biy qarashlar tizimi.
«Xelsinki-1975», «Rio-1992», «Yoxannesburg-2002, 2012»,
«Nyu-York-2010, 2015» anjumanlarining barcha hujjatlarida
aks ettirilgan g‘oya aynan «Barqaror rivojlanish» deb nomlan-
gan. Lekin bu qotib qolgan dogma emas. U zamon va ma-
konga qarab shakllanib hamda takomillashib
borishi tabiiy
hol. 2015-yilning 25–27-sentabr kunlari Nyu-York shahrida
BMTning 70 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan, 160 ta davlat va
hukumat rag‘barlarini jamlagan «Barqaror rivojlanish maqsad-
20
lari» mavzusidagi Sammit bo‘lib o‘tdi. BMTga a’zo
davlatlar-
ning 193 tasi ma’qullagan
«Dunyoni qayta tuzish: 2030-yilga-
Do'stlaringiz bilan baham: