Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Geoekologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

1.3. Geoekologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari,
prinsiplari va metodlari
Geoekologiya ham boshqa fanlar singari o‘ziga xos xususi-
yatlarga ega. Ular quyidagi xususiyatlardan iborat:
 
– maqsadi va vazifalari – geotizimlardagi ekologik vaziyatni 
optimallashtirish va uni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar;
 
– mustaqil obyekti – geotizimlar;


16
 
– mustaqil predmeti – geotizimlarda tabiat va jamiyat 
munosabatlari natijasida yuzaga keladigan ekologik munosa-
batlarning hududiyligi, davriyligi va majmualili gini o‘rganish;
 
– mustaqil boshqarish – geotizimlarni ro‘yxatga olish, baho-
lash, nazoratlash, monitoringlash, ekspertizalash;
 
– mustaqil tartibga solishijtimoiy munosabatlarni geo-
tizimlarning ekologik vaziyatiga qarab javobgarlikka tortish va 
rag‘batlantirish;
 
– mustaqil rayonlashtirish va kartalashtirish – GIS (GAT) 
texnologiyalari yordamida geoekologik rayonlarni ajra 
tish va 
ularning tez moslashuvchan kartografik materiallarni yaratish;
 
– o‘ziga xos tadqiq qilish va boshqarish usullari – kompleks 
geotizimli yondashuv;
 
– mustaqil prinsiplari – o‘ziga xos yo‘naltiruvchi qoidalariga 
amal qilish va h.k.
Geoekologik prinsiplar. «Prinsip» so‘zi lotin tilida «pricipi-
um»
– «asos», «boshlash qoidasi» degan ma’nolarni anglatib, 
u geoekologiyada tabiat va jamiyat munosabatlarining yo‘nal-
tiruvchi qoidasi deb yuritiladi. Ushbu yo‘naltiruvchi qoidalar 
geoekologiyada umumiy ekologik va geografik prinsiplar bilan 
uyg‘unlashtirgan holda aks etadi.
Fanda prinsip
– ilmiy bilishda amal qilinishi lozim bo‘lgan yo‘nalti-
ruv chi qoidalar.
Geoekologiyada ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda 
mazkur fan sohasi quyidagi prinsiplarga amal qiladi:
1. Geoekologik tadqiqot, ta’lim va amaliyotda geografik 
yondashuvning majburiyligi. Ya’ni geotizim, masalan, landshaft 
yoki georafik okruglardagi Yer unsuri (komponenti)ni muho-
faza qilish, undan oqilona foydalanish va buzilgan yerlarni 
qayta tiklash chora-tadbirlari Yer osti boyliklari, suv, atmosfera 
havosi, biologik unsurlar bilan birgalikda, ya’ni kompleks 
geografik hal etilishi lozim demakdir.


17
2. Tabiat qonunlari bilan jamiyat qonunlarini uyg‘unlashtirish 
zarurati. Ya’ni geotizimning qayta tiklanish va tashqi 
ta’sirlarga qarshi turish (buferlik) qobiliyatini inobatga olgan 
holda muhofazalash, foydalanish va qayta tiklashning eng 
yuqori optimallashtirish ko‘rsatkichlariga tayanish.
3. Global, regional va lokal geoekologik fan, ta’lim va amali-
yotni uyg‘unlashtirish zarurati. Ya’ni tabiat qonunla 
rining 
ma’muriy chegaralarga bo‘ysunmasligi, ijtimoiy munosa-
batlarning kundan kunga globallashuvini inobatga olgan holda 
lokal geoekologik tadbirlarni loyihalash, qo‘llash va eksplua-
tatsiya qilish jarayonida lokal geotizimlar (geografik fatsiyadan 
tortib to okruggacha) xavfsizligining qo‘shni geotizimlar xavf-
sizligi, regional geotizimlarni (provinsiyadan tortib zonagacha) 
optimallashtirishda tegishli zonal xavfsizlikni inobatga olish, 
global xavfsizlik asosida umume’tirof etilgan geoekologik ta-
lablardan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkinligi.
4. Barqaror rivojlanish talablarining geoekologik xususiyat 
kasb etishi. Ya’ni shaxs, jamiyat va hamjamiyatni barqaror 
rivojlanishga olib kelish uchun iqtisodiyot, ijtimoiy hayot
atrof-muhit muhofazasi va barqaror birlashishni bir paytning 
o‘zida geotizimlar doirasida amalga oshirishning maqsadga 
muvofiqligi va h.k.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling