Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Ilmiy baholash
ilmiy bilishda ajratilgan muayyan bir tadqiqot 
obyekti ning son va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.
O‘zbekiston hududini geoekologik baholashni ilk bor O‘zMU 
professorlari A.A.Rafikov va T.Mirzaliyev boshchi ligidagi olim-
lar tomonidan 1992-yilda chop etilgan 1:1 100 000 masshtabdagi 
«O‘zbekiston Respublikasining ekolo 
gik kartasi» va 2003-yilda 
chop etilgan 1: 1 000 000 masshtabdagi «O‘zbekiston Respub-
likasi tabiatini muhofaza qilish xaritasi»da aks ettirganlar. Unda 
geoekologik baholash landshaft taksonomik birlik (geotizimning 
bir taksonomik birligi) doirasida olib borilgan.
Yerlarning jarlanganlik va texnogen buzilganlik darajalarini 
geotizimlarning ekologik vaziyatiga ta’sir etish omili sifatida 
berish uchun juda bo‘lmaganda 2.1.1-jadvalda ko‘rsatilgan ba-
holash mezonlari bo‘yicha olish mumkin.
O‘zbekistonning ekologik kartasidan so‘ng 2011–2012-yil-
lar mobaynida O‘zMU olimlari tomonidan 1 

200 
000 
masshtabli «Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish 
kartasi» yaratildi. Unda ilk bor respublikamizda muayyan bir 
viloyat miqyosida geotizimlarning ekologik holati zamonaviy 
GAT texnologiyasi asosida ishlab chiqildi. Bu esa nafaqat 
geotizim komponentlari, balki ularning majmuali holatini 


27
operativ baholash, monitoringlash va tez moslashuvchan 
chora-tadbirlar tizimini joriy qilish imkoniyatini berdi. 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasida ekologik munosabatlarni 
tartibga solish ma’muriy birliklar doirasida boshqariladi. 
Lekin, geoekologik holat, yuqorida aytib o‘tganimizdek, 
regional va lokal xususiyatga ega.
2.1.1-jadval
O‘zbekiston yerlarining jarlanganlik va texnogen buzilganlik ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha geotizimlarning ekologik vaziyati

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling