Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Javobgarlik
  – huquqbuzarlarga nisbatan noqulay sharoitni yaratish.
Yuqorida keltirilgan ekologik boshqaruv tizimining qismlari
albatta, mana shunday ketma-ketlikda va ierarxik pog‘onada 
joylashgan bo‘ladi. Ularning birisiz ikkinchisini amalga 
oshirish yoki boshqaruv mexanizmini yuritishning iloji yo‘q. 
O‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ring, geotizimlarni aniqlamay 
turib, ularning o‘ziga xos sifat va son ko‘rsatkichlarining 
holatini ayta olamizmi? Geotizim komponentlari yoki 


25
unsurlarining holati qanday darajasi ularning sifati, tarkibi 
va soni ekologik kadastr uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi 
va h.k. Hech qachon geoeko 
logik monitoringni geotizimlar 
komponentlarini baho 
lamay turib o‘tkazish mumkin emas. 
Ekologik boshqa 
ruvning eng asosiy elementlari
– geoekologik 
baholash, nazoratlash, moni 
toringlash va ekspertizalashga 
alohida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki ularning amaldagi holati 
qaysi bir mamlakatda yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, ana shu yurtda 
ekologik boshqaruv mexanizmi harakatda bo‘ladi va unda real 
ekologik boshqaruv imkoniyati yuzaga keladi.
2.1. Geoekologik baholash zarurati va yo‘llari
Geoekologik baholash mazmun va mohiyatiga ko‘ra geografik 
yoki ekologik baholashdan farq qiladi, albatta. Ushbu farq asosan 
ularning obyektidadir. Masalan, ekologik baholash ekotizimlar 
doirasida bo‘lsa geoekologik monitoring muayyan geotizimlar – 
qit’a, zona, okrug, provinsiya, rayon, landshaft, joy, urochisha, 
fatsiya yoinki ijtimoiy-iqtisodiy geografik taksonomik birliklar 
doirasida olib boriladi. Unda asosan yuqorida aytib o‘tilgan 
geoekologik metodlar ko‘proq qo‘llaniladi. Tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatmoqdaki ekologiyada ekotizimlarni, geografiyada 
geotizimlarni baholash masalasi yetarli darajada olib borilmoqda 
deb aytish mushkul. Uning ustiga mahalliy, milliy yoki regional 
geoekologik baholash usullari, natijalari va hattoki uni kadastrlash 
yo‘llari doimo ham universal ko‘rinishga va natijaga ega emas. 
Chunki Germaniyada olib borilgan geoekologik baholash 
natijalari O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi 
mumkin. Amerikada qo‘llanilayotgan GIS dasturlari orqali 
baholash metodlari Tojikiston yoki Turkmanistonda qo‘llashning 
iqtisodiy yoki siyosiy nuqtayi nazaridan olib borish imkoniyati 
bo‘lmasligi ham mumkin.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, taksonimik birlikdagi 
turli geotizimlar hududiy farqlanadi va regional miqyosda 
qaytarilmaydi. Geoekologiyaning tadqiqot predmetidan 


26
kelib chiqqan holda geoekologik baholashda majmualilik 
(komplekslilik) prinsipi qo‘llaniladi. Chunki muayyan bir 
geografik joy tuprog‘ining bonitirovkasi (sifat bahosi) yoki 
son bahosini tuproqshunoslar o‘zining tadqiqot obyekti sifa-
tida baholaydilar, Yer usti suvlarini
– gidrologlar, Yer osti suv-
larini
– gidrogeologlar, o‘simlik dunyosini – botaniklar, hayvo not 
dunyosini
– zoologlar, Yer osti boyliklarini – geologlar, atmo sfera 
havosini
– iqlimshunoslar baholaydilar. Geograflar, jumladan 
geoekologlar esa uni kompleks
– majmuali baholashlari kerak. 
Mana shunday baholash geoekologiyaning boshqa ekologik yoki 
geografik fanlardan farqlaydigan ko‘rsatkichlaridan biridir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling