Geofazoviy ma’lumot toʻplash usullari kirish Reja


Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab chiqish


Download 1.46 Mb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1780682
1   2   3   4
Bog'liq
GEOFAZOVIY MA’LUMOT TOʻPLASH USULLARI

Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab chiqish
Hozirgi an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi kartalarda joyning relyefi, joylashgan oʻrni va yuzasi kabi ma’lumotlar bilan birga qoʻshimcha diagrammalar, jadvallar kiritilgan. Lekin qogʻoz kartaga koʻp miqdor va oʻlchamda jadvallar, diagrammalar va boshqa ma’lumotlarni kiritib boʻlmaydi, chunki bunday ulkan masshtabdagi ma’lumotlar tushunmovchilikka olib kelishi mumkin.
GAT paydo boʻlganidan keyin geografik ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar, diagrammalar va boshqa iqtisodiy, huquqiy ma’lumotlar kiritish imkoniyati ham paydo boʻldi. Bunda eng asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasida qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi usul bilan tasvirlashga qaratilgan. Bunday ma’lumot turi esa qisqacha atribut ma’lumotlar deb ataladi.
1-jadval
Atribut ma’lumotlarning tuzilishi

Atribut ma’lumotlarni tizimga kiritish xuddi qogʻoz kartani raqamlashtirishga oʻxshaydi. Ushbu jarayon jadvallarda joy ajratishni talab qiladi. Atribut ma’lumotlar asosida axborot yaratishning birinchi bosqichi jadvalda ajratilgan qatorlarni (joy) aniqlab olishdan iborat. Aniqlab olish deganimizda quyidagi muhim parametrlarni tushunishimiz zarur boʻladi:

  • qator yoki joy nomi;

  • ma’lumot koʻlami;

  • ma’lumot turi;

  • kiritiladigan raqamli ma’lumotlar soni.

Ma’lumot koʻlami deganda ma’lumotni kiritish uchun zarur boʻladigan qatorlar soni yoki hajmini tushunish kerak. Bunda qisqa yoki uzun turdagi ma’lumotlar oʻsha ajratilgan joyga sigʻishi kerak. Ma’lumot turi deganda bizga berilgan geoaxborot dasturi oʻqiy oladigan yoki ruxsat bera oladigan formatlar tushuniladi. Jadvalga atribut ma’lumot kiritayotgan paytda undagi ma’lumot turi degan joyga matnli, sonli turlarini belgilab olishimiz zarur, aks holda dastur tahliliy ishlarni bajarayotganda oʻqimay ketishi mumkin. Masalan, siz matnli turini tanlab, u yerga sonli ma’lumot kiritsangiz, dastur matnli ma’lumot sifatida qabul qilib, uni hisoblashda tashlab ketadi.
Atribut ma’lumotlarni kiritish usullari. Atribut ma’lumotlarni qoʻl yordamida mavjud ma’lumotlar asosida, oldin geoaxborot tizimiga kiritilgan raqamli ma’lumotlarni import qilish orqali, GPS yoki raqamli geodezik asboblar orqali kiritishimiz mumkin.
Qoʻl yordamida atributlarni kiritishda yuqoridagi berilgan parametrlarni hisobga olishimiz zarur boʻladi, ya’ni ma’lumot turini aniqlashtirish kerak. Bu usul yordamida atribut ma’lumot kiritayotganda ba’zida katta hajmdagi ma’lumotlar toʻplamiga duch kelishimiz mumkin. Masalan, kartada 4000 ta poligon boʻlsa va har bir poligonga 50 tadan qatorli ma’lumot kiritishimiz zarur boʻlsa, u holda biz 200 000 ta qiymatni alohida-alohida kiritishimiz kerak. Chunki dasturning tahrir qilish buyrugʻi orqali har safar bir qiymatni alohidaalohida kiritib borish zarur. Shuning uchun hozirgi axborot zamonida geoaxborot tizimidan foydalanuvchi oldida turgan muammo atribut ma’lumotni kiritishga ketadigan vaqtni kamaytirishdan iboratdir.
Oldin geoaxborot tizimiga kiritilgan raqamli ma’lumotlarni import qilishda dBASE fayl formatidagi ma’lumotlardan foydalanishimiz zarur boʻladi. Bunda yangi yaratilgan atribut ma’lumotli jadvalga oʻsha bazani ham kiritishimiz mumkin. Umuman olganda, nafaqat geoaxborot dasturlari, balki boshqa ma’lumotlar bazasi orqali yaratilgan bazani ham import qilish mumkin. Hozirda barcha dasturlarda fayllarning integratsiyalashuvi, ya’ni bir-birida fayllarni oʻqish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bundan tashqari , oddiyroq tushuntiradigan boʻlsak, Excel fayli ma’lumotlari bazasini ham import qilishimiz , ArcGIS dasturi orqali Excel formatidagi ma’lumotni kartaga bogʻlashimiz mumkin boʻladi.
GPS yoki raqamli geodezik asboblar orqali asosan fazoviy ma’lumotlar sanalgan koordinatalar, joyning oʻziga xos belgilari va syomka jarayonida kiritilgan ma’lumotlarni olishimiz mumkin boʻladi. Koordinatalar geoaxborot dasturlarida ham avtomatik, ham qoʻl orqali kiritilishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlar toʻplami (dataset) oʻzida koordinatalar va boshqa atribut ma’lumotlarga ega boʻladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling