Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Gidrosfera, yerusti suvlari, okean, dengiz, ko‘l, suv om- borlari, daryo, muzliklar, muzloq yerlar, yerosti suvla- ri, mineral suvlar, buloqlar, artezian suv havzalari, gey- zerlar, qor chizig‘i. Nazorat uchun savollar 1. Gidrosferaning tarkibiy qismiga nimalar kiradi? 24 2. Qoplama muzliklar va tog‘ muzliklari qayerlarda tarqal- gan? Amaliy topshiriqlar 1. Gidrosferaning tarkibiy qismlarini geografiya daftaring- izga yozing. 2. Atlas va darslikdagi xaritalardan okeanlar, yirik dengiz, ko‘l va daryolar nomini yozuvsiz xaritaga yozing. 9 — 10 - §. Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug‘ — havo qobig‘i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egal- lagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta’sir etib turadi. Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori che- garasi 2 ming km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera massasining 99,5 % i 80 km gacha bo‘lgan quyi qismiga to‘g‘ri keladi. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo‘lib 1774- yilda fran- siyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78 % azot, 21 % kislorod va 1 % boshqa gazlar uchraydi. Yer o‘ziga tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam — troposfera (yunoncha, burilish) Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo ha- rorati dengiz sathida +14 °C bo‘lsa, troposferaning yuqori che- garasida –55 °C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80 % i to‘g‘ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog‘inlar, shamollar) shu qatlamda kuzati- ladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8 — 9 km. Havo ha- rorati har 100 m balandlikka ko‘tarilganda o‘rtacha 0,6 °C so- 25 viydi. Troposferadan yuqorida stratosfera (50 — 55 km gacha), mezosfera (80 — 85 km gacha), termosfera (1 000 km gacha), ekzosfera (2 000 km gacha) joylashgan (6- rasm). Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling