Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Ekvatorial o‘rmonlar, savannalar, ferralit, seyba, karlik be- gemot, gorilla, termitlar, baobab, tuyaqush, marabu. Nazorat uchun savollar 1. Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar qayerlarda joylashgan? 2. Savannalarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 3. Bu tabiat zonalari uchun qaysi o‘simlik va hayvonlar xos? Amaliy topshiriqlar 1. Afrika tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Darslik va atlas ma’lumotlari asosida tabiat zonalarida- gi o‘simlik va hayvonlar nomlarini daftaringizga yozing. 24- §. Tropik cho‘llar va subtropiklar Tropik cho‘llar tabiati. Tropik havo massalarining nihoyatda quruq ekanligi, havo bosimining yuqoriligi tropik chalacho‘l va cho‘llarning tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Tropik cho‘llar ma- terikning katta qismini (30 %) egallaydi va, asosan, shimoliy qismida joylashgan. Sahroyi Kabir haqiqiy tropik cho‘llardan iborat. U dunyo- dagi cho‘llarning eng yirigi (maydoni 7,8 mln kv km). Yillik yo- g‘in miqdori 100 mm gacha. Ichki qismlarida bir necha yillar davomida yog‘in yog‘maydi. Qum, chang-to‘zonli quruq va is- siq samum shamoli kuchli esadi. Tropik cho‘llarda tun bilan kunlik harorat keskin o‘zgaradi. Masalan, kunduzi havo harorati 40 — 50°C bo‘lsa, kechasi 0 °C ga pasayishi mumkin. Buning natijasida cho‘ldagi tog‘larda tog‘ jinslarida darz va yoriqlar paydo bo‘lib, kuchli parchala- nishlar kuzatiladi. Bunday joylarda mahalliy aholi gamada deb ataydigan toshloq sahrolar paydo bo‘ladi. 57 Bundan tashqari, tuproq va o‘simlik qoplamidan butunlay mahrum bo‘lgan barxan qumli cho‘llar katta maydonni egal- laydi. Cho‘l markazida Tibesti (3 415 m), Darfur (3 088 m), Axaggar (2 918 m) kabi qoldiq tog‘lar bor. Cho‘llarda chirindisiz qumoq cho‘l tuproqlari, pastlik joy- larda sho‘rxok tuproqlar, vohalarda madaniy tuproqlar shakl- langan. O‘simligi juda kam, pastlik joylarda sho‘ra, shuvoq, saksovul, yulg‘un, buta, akatsiya, Namib cho‘lida noyob velvichiya kabi o‘simliklar o‘sadi. Namib cho‘lining shimol va sharq tomonlarida chalacho‘llar boshlanadi. Bu yerlarda yostiq- simon o‘simliklar, molochay, aloe, yovvoyi sersuv tarvuzlar o‘sadi. Tarvuzlarni hayvonlar va aholi suv o‘rnida iste’mol qilishadi. Vohalarning asosiy o‘simligi xurmo hisoblanadi. Cho‘l sharoitiga moslashgan antilopa, giyena (chiðor sirtlon), tulki, chiyabo‘ri, tuya, kaltakesak, echkemar, toshbaqa kabilar aso- siy hayvonlardir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling