Geog 1 (38-янги). p65


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Subtropiklar tabiati. Afrikaning shimoli-g‘arbiy va janubi-
g‘arbiy qismlarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va
butazorlardan tashkil topgan subtropik zona joylashgan.
Shimoliy subtropikdagi Atlas tog‘larining 3 000 m dan tepa
qismida qishda havo sovib (–10 –17 °C gacha), qor yog‘adi.
Ba’zi joylarda qorning qalinligi 2 m ga yetadi. Sohil va tog‘
yonbag‘irlarida makvis, zaytun, pakana palma, probka emani
(dub) o‘rmonlari, yuqoriroqda yirik atlas kedri, tis (butasimon
daraxt), yana balandroqda (1 500 — 3 000 m) keng bargli o‘r-
monlar, undan balandda alp o‘tloqlari joylashgan. Bu zonada
hayvon turlari ko‘p. Kattaligi quyonday keladigan o‘txo‘r da-
man tog‘larda to‘da bo‘lib yashaydi. Uni ovlashadi va go‘shtini
iste’mol qilishadi. Yana turli kemiruvchilar, dumsiz makaka,
yirtqichlardan chiyabo‘ri, yovvoyi mushuk, qoplon, sirtlon,
sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon, echkemar, toshba-
qalar yashaydi. Ba’zan chigirtkalar bosqinidan qishloq xo‘jaligi
ancha zarar ko‘radi.
Janubiy Afrika subtropik landshaftida kiðaris, kap zaytuni,
kumush daraxti, kedr, Afrika yong‘og‘i, kap kashtani, sariq
daraxt va turli o‘t o‘simliklar o‘sadi.


58
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Tropik cho‘llar, samum, toshloq va qumli cho‘llar, voha-
lar, velvichiya, Sahroyi Kabir, Namib cho‘llari.
Nazorat uchun savollar
1. Toshloq sahrolar qanday hosil bo‘ladi?
2. Tropik cho‘llarda qanday hayvonlar yashaydi?
Amaliy topshiriqlar
1. Sahroyi Kabirning tabiiy komplekslarini yozuvsiz xari-
taga tushiring va geografik tavsif bering.
2. Mavzuga tegishli ma’lumotlarni darslik va atlasning 15-
betidagi xaritadan foydalanib, yozuvsiz xaritaga tushiring.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling