Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
Savannalar. Afrika maydonining 40 % ini savannalar egal-
laydi. Bu yerlardagi baland bo‘yli o‘t o‘simliklar dasht land- shaftlarini eslatadi, tabiatning fasliy o‘zgarishi kuchli, sernam va qurg‘oqchil fasllar almashinib turadi. Savannalar yirik hay- vonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Mavsumiy nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga tutash zona- chasida qalin o‘t o‘simliklarning bo‘yi 3 m ga yetadi. Òo‘p-to‘p daraxtzorlar, butazorlar savanna uchun xos. Bu yerlarda qizil ferralit tuproqlar tarkib topgan. Yog‘in, asosan, yozda yog‘adi. Òuprog‘i qizil-qo‘ng‘ir, o‘t o‘simliklar uncha baland emas, uzoq masofada yakka va to‘p- to‘p daraxtlar va butazorlar uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan 55 daraxt sershox akatsiya, qum palmasi. Sahroyi Kabirga tutash- gan zonachada cho‘llashgan savanna landshafti shakllangan. Past va siyrak o‘t o‘simliklar, tikanli butalar, bargsiz molochay, ti- kanli va sersuv daraxtsimon o‘t o‘simligi ko‘p tarqalgan. Sa- vannalar uchun baobab va kaktuslar ham xos. Dunyoning biror joyi yo‘qki, savannadagidek yirik hayvon- lar to‘plangan bo‘lsa. Bu yerda xilma-xil antilopalar (ularning 40 ta turi bor), zebra, jirafa, fil (balandligi 4 m, og‘irligi 12 t gacha), buyvol, karkidon, begemot, pavian (maymun turi), sher, qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, gepard, suvda timsohlar (Nil timsohi 5 — 6 m uzunlikka ega) uchraydi (12- rasm). Qush- lardan eng kichik nektarxo‘r, kotib qush, eng katta Afrika tuya- qushi (bo‘yi 2,8 m, og‘irligi 90 kg gacha), marabu, mirzàqush va boshqalar ko‘p tarqalgan. Savannalarning o‘ziga xos landshaftlarini asrash borasida xalqaro miqyosda chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ko‘plab milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, buyurtmalar tashkil etilgan. 12- rasm. Afrika hayvonot dunyosi. Begemot Setse pashshasi Tuyaqush Karkidon Jirafa Zebra Sher |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling