Geog 1 (38-янги). p65


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Geografik o‘rni. Avstraliya (lotincha „australius“ — janubiy)
to‘liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g‘arb
va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab
turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisba-
tini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda
joylashgan.
O‘rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar
orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib
Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik
Uilyam Yanszondir. U 1606- yilda Keyp-York yarimorolini tek-
shirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana
Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga
kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tas-
man va boshqalar materikni o‘rgandilar.
Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda
Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining
oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi.
Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil
etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Plat-
formaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida,
g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi.
Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burma-
lanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida
Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib
qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q.
Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis,
qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali
qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh
tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan.
Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux,
nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda
turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan.
Shu bois, ular arzon — ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya —
rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling