Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rganilish tarixi.
- Geologik tuzilishi va relyefi.
Geografik o‘rni. Atlantika okeani beshta materik orasida
joylashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan. Okeanning maydoni 91 mln kv km, eng keng joyi mo‘tadil kengliklarga (9 450 km) va eng tor joyi (2 620 km) shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi. O‘rganilish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko‘ra, yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507- yilda geografik xaritaga „Atlantika okeani“ nomi yozilgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb, J. Kabot, Vasko da Gama, F. Magellan, J. Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika okeani haqida ko‘plab ma’lumotlar berdi. Okean tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlanadi. „Chellenjer“ kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalq- aro geofizika yilidagi (1957 — 1958) tadqiqotlar, Jak Iv Kusto 63 ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taalluqli juda ko‘p ma’lumot to‘plandi. Geologik tuzilishi va relyefi. Gondvana va Lavraziya mate- riklarining gorizontal yo‘nalishdagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani paydo bo‘lgan. Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumla- dan, o‘rta okean tizmalarida bazaltli va vulqonli jinslar, materik sohillarida daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar tarqalgan. Materik sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida ya- rimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi, Afrikaning g‘arbiy sohillarida esa tor yo‘lakni hosil qiladi. Ma- terik yonbag‘ri ancha tik. Okean tubida O‘rta Atlantika suvosti tog‘ tizmasi shimoldan janubga 15 000 km masofaga cho‘zilgan. O‘rta Atlantika tizmasi, o‘z navbatida, Shimoliy va Janubiy At- lantika tizmalariga bo‘linadi. Bu tizmalar oralig‘ida bir nechta botiqlar joylashgan. Mazkur botiqlarning chuqurligi 3 000 m dan 7 000 m gacha yetadi. O‘rta okean tizmasining tepa qismini ko‘ndalang va bo‘ylama chuqur daralar — riftlar kesib o‘tgan. Okeanning eng chuqur qismi Puerto-Riko cho‘kmasi bo‘lib, 8 742 m chuqurlikda joylashgan. Iqlimi. Atlantika okeani yuza suvlarining harorati Òinch va Hind okeanlari suvlariga nisbatan past (+16,5 °C). Bunga Shi- moliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq oqimlar- ning kirib kelishi sababchidir. Termik ekvatorda suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati 27 — 28 °C. Okeanning janubiy va shi- moliy qismlarida 0 –1 °C gacha pasayadi. Okeanda barcha iqlim mintaqalari mavjud. Uning janubiy o‘rtacha kengliklarida yil davomida kuchli shamollar kuzatilsa, subtropiklarda haftalab shtil — shamolsiz kunlar bo‘ladi. Okeanning o‘rtacha sho‘rligi (37,5 ‰) Dunyo okeani o‘rta- cha sho‘rligidan yuqori. Okeanning shimoliy va janubiy chegara- larida suvning sho‘rligi 34 — 35 ‰, eng sho‘r dengizi O‘rta de- ngiz (37 — 39 ‰) hisoblanadi. Oqimlari. Atlantika okeanida oqimlar halqalar hosil qiladi. Mashhur Golfstrim oqimi okeandagi qudratli daryo singari 64 Shimoliy Amerika va Yevropa iqlimiga ta’sir qilib, shimol to- mondagi muz va muztog‘ (aysberg)larning erishiga hamda tu- manli kunlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling