Geog 1 (38-янги). p65


Amaliy topshiriqlar (atlasdan foydalaning)


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Amaliy topshiriqlar (atlasdan foydalaning)
1. Avstraliyaning tabiiy xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Foydali qazilmalar va relyef haqida jadval tuzing.


70
30- §. Iqlimi, ichki suvlari va
tabiat zonalari
Iqlim xususiyatlari. Avstraliyaning geografik o‘rni, havo
massalari, okean oqimlari, relyefi materik iqlimining o‘ziga xos
xususiyatlarini shakllantirgan. Shunga ko‘ra, Avstraliya Yeri-
mizdagi eng qurg‘oqchil materik hisoblanadi. Uning hududida
Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog‘in yog‘adi. Bu yerda
quruq tropik iqlim tiði hukmronlik qiladi. Shuning uchun ma-
terikning markaziy va g‘arbiy qismlarida yog‘ingarchilik juda
kam bo‘ladi. Okeandan esadigan janubi-sharqiy passatlar Katta
Suvayirg‘ich tizmasining sharqiy yonbag‘irlariga yog‘in kel-
tiradi.
Iqlim mintaqalari. Avstraliya materigida to‘rtta iqlim min-
taqalari tarkib topgan. Subekvatorial iqlim mintaqasi mate-
rikning 20°
j. k. gacha bo‘lgan hududlarini egallaydi. Yozda
(dekabr-fevral) ekvatorial havo massalari ko‘p yog‘in kelti-
radi (800 — 2 000 mm). Qishda (iyun-avgust) esa tropik havo
massalari hukmronlik qiladi va havo quruq bo‘lib, yog‘in kam
yog‘adi. Bu mintaqada o‘rtacha havo harorati yozda +24 °C,
qishda esa 16 — 24 °C ni tashkil etadi.
Tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi
mintaqa singari ko‘p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim
tiði shakllangan. 1. Quruq tropik iqlim tiði, tekislikni egallaydi,
yog‘in kam (100 — 500 mm), yillik havo harorati 30 — 32 °C.
2. Nam tropik iqlim mintaqasi, Tinch okean sohilida tarkib
topgan, yog‘in ko‘p (2 000 mm gacha), yillik harorati 16 °C.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va
Tasmaniya orolining shimoliy sohil bo‘ylarini qamrab oladi. Bu
mintaqada uchta iqlim tiði hosil bo‘lgan. G‘arbdan sharqqa
tomon dastlab O‘rta dengiz subtropik iqlim tiði (yog‘in 300 —
1 000 mm), so‘ngra kontinental (yog‘in 100 — 500 mm) va


71
janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiðlari (yog‘in
2 000 — 3 000 mm) mavjud. Tasmaniya oroli g‘arbiy shamollar
ta’sirida bo‘lib, mo‘tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini
egallaydi (yog‘in 500 — 2 000 mm, harorat qishda +8 °C, yozda
+16 °C).
Ichki suvlari. Materikning katta qismi quruq tropik iqlim
mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60 %
maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va
33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq
o‘zanlari kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyon-
da yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada
qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avst-
raliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va
yerosti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo ti-
zimi — Murrey va uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avst-
raliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan.
Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr-Nord ko‘li, uning maydoni suv
bilan to‘lgan paytda 15 ming kv km ga yetadi. Eyr-Nord okean
sathidan 16 m pastda joylashgan.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling