Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Relyefi. Materikning 95 % hududi pasttekislik va yassi tog‘-
liklardan, 5 % i tog‘lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga 69 ko‘ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G‘arbiy Avstraliya yassi tog‘ligidir. U yassi tog‘lik va baland tekisliklardan iborat (atlasga qarang). Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan baland- liklar va qoldiq tog‘lar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi tog‘liklar ustidan baland ko‘tarilib turgan Makdonnell (Zil cho‘qqisi — 1 510 m) va Xamersli (Brus cho‘qqisi — 1 226 m) tog‘lari misol bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra ularni palaxsali tog‘lar guruhiga kiritish mumkin. Ikkinchisi, Markaziy pasttekislik bo‘lib, u materikning eng past va yassi tekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yot- qiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Materikning eng past joyi (Eyr-Nord ko‘li, –16 m) ham shu yerda. U Markaziy havza deb ham ataladi. Markaziy pasttekislikning shimolida Karpentariya tekisligi bor. Markaziy havzada toshloq quruq vodiylar — kriklar ko‘p uchraydi. Eng kattalari Kuper-krik va Eyr-kriklardir. Bu joylar kriklar o‘lkasi deb ataladi. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi — Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qi- ladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alp tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2 228 m) hisoblanadi. Òek- tonik yoriqlar, daralar va daryo vodiylari tog‘larni alohida- alohida massivlarga bo‘lib yuborgan. Atama, tayanch tushuncha va nomlar Avstraliya, materik orol, eng quruq, xaltali hayvonlar va- tani, eng past materik, V. Yanszon, L. Torres, A. Tas- man, evkaliðt daraxti. Nazorat uchun savollar 1. „Avstraliya“ so‘zi qanday ma’noni anglatadi? 2. Relyef tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi? 3. Qaysi qazilmalar bo‘yicha dunyoda yetakchi? Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling