Geog 1 (38-янги). p65


Atama, tayanch tushuncha va nomlar


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Sago palmasi, mango, karam daraxti, kazuar tovug‘i, kivi,
maorilar.
Nazorat uchun savollar
1. Okeaniyada qanday o‘simliklar uchraydi?
2. Okeaniyada qanday hayvonlar yashaydi?
3. Yangi Zelandiyaning tub joy aholisi kimlar?
Amaliy topshiriqlar
1. Okeaniyaga xos bo‘lgan o‘simliklardan daftaringizga yo-
zing.
2. Okeaniyaga xos bo‘lgan hayvonot dunyosini daftaringiz-
ga yozing.
ANTARKTIDA
36- §. Geografik o‘rni, o‘rganilish
tarixi, geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. Doimiy muz bilan qoplangan yagona
materik, eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland
(2 040 m), Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir
6 — A. Soatov, A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


82
yilda faqat bir marta kuzatiladi, Yer yuzidagi eng kuchli sha-
mol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha (80 %)
yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamida eng kambag‘al,
muzsiz zaminning cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o‘rinda (2 555 m),
yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining „sovuqlik qutbi“
(„Vostok“ stansiyasi, –89,2 °C) va „janubiy magnit qutbi“ shu
yerda, bironta mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik
hamda ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan yagona materik.
Geografik o‘rni. Antarktida yunoncha „anti“ — qarama-qar-
shi, teskari, „arktika“ — shimoliy, ya’ni Arktikaning teskari to-
moni degan ma’noni anglatadi. Antarktika — janubiy sovuq
o‘lka, uning maydoni 52,5 mln kv km. Antarktida — yaxlit
muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln kv km. Antarktida Janu-
biy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joy-
lashgan yagona materik. Materikka tutashib turgan 12 ta tashqi
dengizlari bor.
Antarktidani 1820- yilning 16- yanvar kuni rossiyalik de-
ngizchilar F. Bellinsgauzen va M. Lazarevlar kashf etishdi. Nor-
vegiyalik R. Amundsen 1911- yilning 14- dekabr kuni birinchi
bo‘lib, undan bir oycha keyin ingliz R. Skott ikkinchi bo‘lib
qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen — Skott nomi
bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSH) ishlab turibdi.
Antarktidani keng ko‘lamda mukammal o‘rganish Xalqaro
geofizik yil dasturini joriy qilish (1957 — 1958) munosabati bilan
boshlandi. 1959- yilda 11 ta mamlakat o‘rtasida „Antarktida
to‘g‘risida shartnoma“ qabul qilindi. Unga ko‘ra, materikdan faqat
ilmiy va turistik maqsadlarda foydalanishga kelishib olindi. Ayni
paytda 16 mamlakat olimlari materik tabiatini o‘rganishmoqda.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling