Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Antarktida, nunutaklar, Erebus vulqoni, Bentli cho‘kmasi, ilmiy stansiyalar, R. Amundsen, R. Skott. Nazorat uchun savollar 1. Antarktidaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Tadqiqotchi va qutbchilarning kashfiyotlarini aytib bering. 3. Materik relyefi haqida nimalarni bilasiz? Amaliy topshiriqlar 1. Antarktida relyefini yozuvsiz xaritaga tushiring, ilmiy stansiyalar nomini yozing. 2. Relyefga tegishli alohida tushuncha va atamalarni tav- siflang. 37- §. Iqlimi va tabiat komplekslari Iqlimi. Materikning geografik o‘rni va muz-qor bilan qop- langanligi o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini keltirib chiqargan. Materik ichkarisida sovuq va quruq antarktida havo massalari (antisiklon) shakllanadi. Natijada, yuqori havo bosimi ta’sirida shimolga yo‘nalishdagi kuchli shamollar okean tomonga esadi. „Shamollar oqimi“ nomini olgan bunday shamollar 600 — 800 km kenglikdagi hududda esadi, tezligi esa bir soniyada 30 — 35 m, ba’zan 90 m gacha yetadi. Qorli bo‘ronlari tez-tez takrorlanib turadi. Ba’zi joylarda bir yilda 340 kun bo‘ronli bo‘lishi aniqlangan. Qish oylarida (aprel-sentabr) havoning o‘rtacha harorati 85 –60 °C, ko‘pincha –70 — 80 °C dan past bo‘ladi. Rossiyaning „Vostok“ ilmiy stansiyasida havo harorati –89,2 °C ga pasay- ganligi kuzatilgan. Shuning uchun bu yerga sayyoramizning „sovuqlik qutbi“ deb nom berilgan. Yoz oylarida (oktabr-mart) muz-qor quyosh energiyasining 80 % dan ko‘prog‘ini qaytaradi. Materik ichkarisida havo haro- rati –36 °C dan yuqori ko‘tarilmaydi. Lekin sohil bo‘ylarida ha- rorat 0 °C atrofida bo‘ladi. Ko‘plab aysberglar ajralib chiqadi. Materik markazida yog‘in miqdori 30 — 50 mm, sohilga tomon ortib boradi (600 — 700 mm). Antarktida hududida ikkita iqlim mintaqasini ajratish mum- kin: antarktika va subantarktika. Materikda chuchuk suvlarning 80 % zaxirasi muz holatda to‘plangan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling