Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
Ichki suvlari. Yerusti suvlari uchta okean havzalariga va
qisman berk havzaga bo‘linadi. Asosiy daryo va ko‘llari Atlan- tika, Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzasiga tegishli. Materikning eng yirik daryosi Missisiði (hindular tilida „katta daryo“)dir. Missisiði daryosining o‘rta qismida o‘zidan uzun bo‘lgan Missuri („loyqa daryo“) irmog‘i kelib quyiladi. 103 Missisiði deltasi har yili Meksika qo‘ltig‘i tomon 100 m o‘sib boradi. Daryo qor-yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Avliyo Lavrentiy daryosi quyi oqimida uzun va keng estuariy (lot. daryoning suv bosgan quyi qismi) hosil qiladi. Rio-Grande daryosi Kordilyera tog‘laridan boshlanib, Meksika qo‘ltig‘iga quyiladi. Materik ko‘llari, asosan, qadimgi muz hosil qilgan chuqur- liklarda paydo bo‘lgan. Beshta ko‘l, ya’ni Yuqori, Guron, Mi- chigan, Eri, Ontario ko‘llari Buyuk ko‘llar deb ataladi. Ular kattaligiga ko‘ra, shu tartibda bir-biriga kaskad bo‘lib tutashgan. Faqat Eri va Ontario ko‘llari oralig‘ida millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan mashhur Niagara sharsharasi (balandligi 48 m) bor. Unga GES qurilgan. Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan daryolardan eng yirigi Makkenzi daryosidir. Havzada eng yirik Katta Ayiq va Vinniðeg ko‘llari joy- lashgan. Tinch okean havzasidagi daryolarga Yukon, Kolo- rado, Freyzer, Kolumbiya kabi qisqa va sersuv, vodiylari tor va chuqur, suv oqimi shovqinli daryolar xos. Kolorado daryo- sining Katta Kanyon darasi dunyoga mashhurdir. Shimoliy Amerikaning berk havzasiga Katta Havza tog‘ligi tegishli bo‘lib, unda Katta Sho‘r ko‘l bor. Uning maydoni iqlimiga bog‘liq holda yildan yilga o‘zgarib turadi. Grenlandiya, Kanada-Arktika arxiðelagi, Kordilyera tog‘la- ridagi muzlar egallagan maydon 2,2 mln kv km dan oshadi. Alyaskadagi Xabbort tog‘-vodiy muzligining uzunligi 145 km ga boradi. Bu Yer sharidagi eng uzun muzlikdir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling