Geog 1 (38-янги). p65


Atama, tayanch tushuncha va nomlar


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Kordilyera, Qoyali tog‘lar, „Rus Amerikasi“, Appalachi,
Flint-Mamont, E. Rauda, A. Makkenzi.
Nazorat uchun savollar
1. Materikni o‘rganishda kimlar ishtirok etgan?
2. Rudali foydali qazilmalar qayerlarda tarqalgan?
3. Shimoliy Amerika relyefiga ko‘ra qanday qismlarga bo‘-
linadi?
Amaliy topshiriqlar
1. Shimoliy Amerika relyefi va foydali qazilmalarini yo-
zuvsiz xaritaga tushiring.
2. Shimoliy Amerikaning tabiiy xaritasi yordamida 40° sh. k.
bo‘ylab Atlantika okeanidan Tinch okeanga „sayohat“
qiling, qanday geografik obyektlardan o‘tishingizni so‘z-
lab bering.
44- §. Shimoliy Amerika iqlimi
va ichki suvlari
Iqlimi. Materikning shimoldan janubga uzoq masofaga
cho‘zilganligi iqlimning xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Iqlimning shakllanishida Tinch, Atlantika va Shimoliy Muz


102
okeanlari tomondan esadigan shamollar, shuningdek, Kordil-
yera tog‘lari va tekisliklarning mavjudligi katta ta’sir etadi.
Materikda 6 ta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Shimolda
arktika iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaydi. Deyarli yil
davomida havo harorati manfiy bo‘ladi. Ayrim kunlari yozda
harorat +5 °C gacha ko‘tariladi, xolos. G‘arbida 50 — 100 mm,
sharqida esa 300 — 400 mm gacha yog‘in yog‘adi.
Subarktika iqlim mintaqasi hududi yozda mo‘tadil, qishda
arktika havo massalari ta’sirida bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha ha-
rorati –25 °C dan –30 °C gacha, iyulda +5 °C dan +7 °C gacha
kuzatiladi. Namgarchilik sharqdan g‘arbga kamayib (300 —
600 mm) boradi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaganligi
uchun iqlimiy sharoiti turlicha, yog‘in miqdori sharqdan g‘arb
tomonga kamayib boradi (1 500 — 1 000 mm). Bu mintaqaga
ko‘proq dengiz iqlimi xos. Arktika sovuq havo massalarining
ta’siri ham kuchli.
Subtropik iqlim mintaqasi 40° sh. k. dan Meksika qo‘ltig‘i
oralig‘idagi hududlarni egallaydi. Issiq, sernam yoz va iliq,
sernam qish bu mintaqaning asosiy xususiyatidir. Tinch okean
qirg‘oqlari O‘rta dengiz subtropik iqlim tiðiga xos bo‘lib,
sovuq Kaliforniya oqimi ta’sir etadi. Qishi iliq (+6 °C dan
+8 °C gacha), nam keladi, yozi esa quruq va iliq bo‘ladi.
Tropik iqlim mintaqasi yil davomida issiq bo‘lib, Atlantika
okeani havo massalarining hukmronligi sezilib turadi. Yozda
namgarchilik ko‘p bo‘ladi. Faqat mintaqaning g‘arbida quruq,
tumanli kunlarni kuzatish mumkin.
Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy tor
qismida uchraydi. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat yuqori (+25 °C)
va namgarchilik ko‘p (1 500 — 2 000 mm).

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling