Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19- rasm
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Arktika havo massasi, dengiz iqlimi, ichki suvlar, Missi- siði, Kolorado, Niagara, berk havza, Katta Havza, Bu- yuk ko‘llar. Nazorat uchun savollar 1. Materik iqlimiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 2. Materik iqlim mintaqalarining farqi nimada? 3. Asosiy daryo va ko‘llar qaysi havzalarda joylashgan? 104 19- rasm. Qo‘yho‘kiz. Amaliy topshiriqlar 1. Iqlim mintaqalarini yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Materik ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimotini aniqlang. 3. Yirik daryo va ko‘llarini daftaringizga yozing. 45- §. Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari Tabiat zonalari. Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat zonalarining turlicha bo‘lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko‘llardan shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo‘yicha tarkib topgan bo‘lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo‘nalishida joylashgan. Arktika cho‘llari zonasi Grenlandiya oroli va Kanada-Ark- tika arxiðelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (–35 °C dan past), yozi salqin (+5 °C dan past). Asosiy o‘simliklari mox va lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj, qo‘yho‘kiz (ular faqat shu zonada yashaydi, 19- rasm), oq yapaloqqush va bosh- qalardan tashkil topgan. Tundra va o‘rmon-tundra zonasining janubiy chegarasi sharqda 53° sh. k. dan, g‘arbda 62° sh. k. yo‘nalishigacha boradi. Botqoq va tundra — gleyli tuproqlarda buta va o‘t o‘simliklar, pakana qayin va tol, toshyorar, mox va lishayniklar o‘sadi. O‘rmon-tundrada qora va oq qarag‘ay, balzam pixtasi (qarag‘ayi), tilog‘ochlar o‘sadi. Tundra- da shimol bug‘usi, qo‘yho‘kiz, lemming, qutb tulkisi, qutb bo‘risi, oq kaklik, oq quyon, Alyaskada tog‘ qo‘yi, qor ech- kisi ko‘p uchraydi. Tayga zonasi 45° sh. k. gacha tar- qalgan. Zona botqoq, podzol va muzloq 105 tuproqlardan tarkib topgan. Asosiy o‘simligi qora va oq qara- g‘ay, Amerika tilog‘ochi, balzam pixtasi, qarag‘ay kabi igna bargli daraxtlar o‘rmonlarni hosil qiladi. Labrador yarimoro- lidagi daraxtlarning 90 % i qora qarag‘ayga to‘g‘ri keladi. Hay- vonlardan qora va qo‘ng‘ir ayiq, Amerika losi, kiyik, o‘rmon bizoni, bug‘u, Kanada silovsini, yenot, bo‘ri, skuns, ondatra, qizil tulki kabilar yashaydi. Tinch okean sohillarida duglas qarag‘ayi, oq va qora qarag‘ay, kedr ko‘p o‘sadi. Daraxtlar- ning bo‘yi 80 — 100 m ga boradi. Aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasining sur o‘rmon tuproqlarida qarag‘ay, qayin, terak, tol, kashtan, eman, buk, Amerika yong‘og‘i, marvaridgul, yertut kabi o‘simliklar o‘sadi. Virgins bug‘usi, kalamush, puma, bobr (suv qunduzi), qizil olmaxon, yenot, burunduq asosiy hayvonlaridir. O‘rmon-dasht va dasht zonalarining kashtan va qora tuproq- larida chalov, betaga, bizon o‘ti eng ko‘p uchraydi. Zonalarning shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o‘tlarning bo‘yi 1,5 m ga yetadi. Buyuk tekisliklarda o‘t o‘simliklar ancha siyraklashadi, tikanli butalar, janubda, hatto, dub, akatsiya kabi daraxtlar uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo‘ri, tulki, kiyik, skuns (badbo‘y), opossum, oqboshli burgut va boshqalardan iborat. Chalacho‘l va cho‘l zonalarining asosiy o‘simligi qora shu- voq, kaktus (bo‘yi 4 — 9 m), yukka (daraxtsimon doimiy yashil o‘simlik) qo‘ng‘ir-jigarrang tuproqlarda o‘sadi. Sudralib yuruv- chilar (qora ilon) va kemiruvchilar, qalqondorlar yashaydi. Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasida qizil va qizil- qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Baland o‘t o‘simlikli, kaktus- akatsiyali savannalar va eman-qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar xos. Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun ferralit tup- roqlar, eman, Karib qarag‘ayi, palma, kiðaris kabi o‘simliklar xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi), qora ilon, kurka, Nikaragua sohillarida anakonda ilonlari yashaydi. Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hu- dudini qamrab olgan. Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya, qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq, yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling