109
ko‘rsatdi. Bu esa tabiat komplekslarining o‘zgarishiga va antro-
pogen landshaftlarning hosil bo‘lishiga olib keldi.
Shuning
uchun tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar qabul
qilingan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash va kelajak
avlodga qoldirish maqsadida ko‘plab milliy bog‘lar, qo‘riqxo-
nalar bunyod etilgan. Materikda birinchi milliy bog‘ 1872- yili
(Yelloustoun) AQSHda tashkil etilgan. Vud-Baffalo, Yelloustoun,
Grand-Kanyon,
Sekvoyya, Mamont, Ajal vodiysi, Jasper,
Katmay, El-Viskaino, Yosemit va boshqalar eng yirik milliy
parklar va qo‘riqxonalardir. Ularning maydoni bo‘yicha Shi-
moliy Amerika materigi dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
AQSH amerikaliklari, eskimoslar, asteklar, mayyalar, Yel-
loustoun, Grand-Kanyon, Sekvoyya, Mamont.
Nazorat uchun savollar
1. Shimoliy Amerikada aholisining
asosiy qismini kimlar
tashkil etadi?
2. Materikda birinchi milliy bog‘ qachon va qayerda tashkil
etilgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Xaritadan foydalanib materik aholisi zich yashaydigan
hududlarni aniqlang va tahlil qiling.
2. Yozuvsiz xaritaga Shimoliy Amerika milliy bog‘lari va
qo‘riqxonalarini tushiring.
48- §. Shimoliy Muz okeani
Asosiy xususiyatlari. Okeanlarning eng kichigi, Shimoliy
qutb atrofida joylashgan, dengizlari
okean maydonining yar-
mini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rin-
110
da, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan yagona
okean,
eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘y-
ho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor,
uzoq qutb
tunlari va kunlari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: