Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rganilish tarixi.
- Geologik tuzilishi va tabiiy boyliklari.
Geografik o‘rni. Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan.
Uni ikkita materik o‘rab turadi. Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli — Farer, Islandiya va Grenlandiya orollari — Smit bo‘g‘izi — Kanada arxiðelaglari orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg‘oqlari ancha parchalangan. Orollari ko‘p. Maydoni 14 mln kv km. O‘rganilish tarixi. Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni yunon olimi Pifey (er. av. 325- yil) yozgan va „Qayrilgan den- giz“ deb nom bergan. Keyinchalik, yevropaliklar Giðerborey (yunoncha, Borey — „shimoldagi shamollar xudosi“) deb atashdi. 1650- yilda B. Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga kiritildi. 1845- yilda London Geografiya jamiyati, 1928- yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936- yilda Rus Geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qildilar. Okeanni o‘rganishda Pyotr I („Buyuk Shimol ekspeditsiyasi“, 1733 — 1743- y.), M. V. Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N. A. Nordensheld (1878 — 1879- y.) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu- ningdek, XIX asr oxirida F. Nansen, S. O. Makarov (1899- y.), R. Piri (1909- y.) Shimoliy qutbni birinchi bo‘lib zabt etgan, R. Amundsen (1903 —1906- y., 1918 — 1920- y.) va boshqalar qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar. Hozirgi paytda Rossiya, AQSH va Kanada mutaxassislari Shimoliy Muz okeanining tabiatini o‘rganishmoqda. Geologik tuzilishi va tabiiy boyliklari. Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi. Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari katta maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1 000 — 3 500 m atrofida. Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi 111 jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar uchraydi. Qazilma boyliklaridan temir rudasi shaxta usulida qazib oli- nadi, Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft va gaz Kanadaga tutash suvlarda ko‘p qazib olinadi. Daryo- larning quyilish joylarida, Oq, Barens, Norvegiya dengizlari- dan ko‘plab baliq ovlanadi va suvo‘tlari yig‘ib olinadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling