Geog 1 (38-янги). p65


Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Shimoliy Amerika
bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi
bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika
Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo
bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofaga uzoq-
lashgan. Materikning tekislik qismi qadimgi platformaga mos
keladi.
Tog‘lar (Kordilyera, Qoyali tog‘lar, Appalachi) kaledon,
gersin, mezozoy tog‘ burmalanishlarida ko‘tarilgan. Lekin alp
burmalanishida yoshargan. Tekisliklarda, asosan, cho‘kindi tog‘
jinslari uchrasa, tog‘li o‘lkalarda magmatik va metamorfik tog‘
jinslari tarkib topgan. G‘arbiy tog‘li mintaqada halokatli zil-
zilalar bo‘lib, vulqonlar otilib turadi.
Shimoliy Amerika foydali qazilmalarga boy. Magmatik va
metamorfik jinslardan tuzilgan tog‘ va yassi tog‘liklarda temir,
uran, mis, nikel, oltin, kumush konlari bor. Ayniqsa, Appa-
lachi tog‘lari rudali qazilmalarga boy. Cho‘kindi tog‘ jinsi qat-
lamlarida neft, gaz, ko‘mir, tuz kabi qazilmalar tarkib topgan.
Relyefi. Shimoliy Amerikani relyef tuzilishiga ko‘ra ikkita
yirik qismga: tekislik va tog‘li qismlarga bo‘lish mumkin. Tog‘li
qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy
tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Denali (2015-
yilgacha Mak-Kinli) cho‘qqisi (6 194 m), eng past nuqtasi Ajal
vodiysi (–86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan. Katta
Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi
kesib o‘tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) va tor
dara — Katta Kanyonni hosil qiladi. Materikning tog‘li qismi
Tinch okean „olovli halqasi“ mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Bu
ulkan tizim Alyaska Kordilyerasi, Kanada Kordilyerasi, AQSH
Kordilyerasi va Meksika Kordilyerasiga bo‘linadi. Tekisliklar


101
materikning sharqiy qismini egallaydi. Materikning shimoliy
qismida qirlar va adirsimon balandliklar uchraydi. Bu hudud-
larda Lavrentiy qirlari, Markaziy tekislik, Missisiði pasttekisligi
va Buyuk tekisliklar asosiy relyef shakllaridir (ilovadagi 26-
rasmga qarang).
Materikning sharqiy qismida Appalachi tog‘i joylashgan. Bu
past tog‘ bo‘lib, Ural tog‘i singari keksa. Uning eng baland
cho‘qqisi Mitchell tog‘idir (2 037 m). Uning janubi-g‘arbiy
yonbag‘rida dunyodagi eng uzun (500 km) Flint-Mamont g‘ori
bor.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling