Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
„Okean ' atmosfera ' quruqlik“ tizimi, „issiqlik mashi- nasi“, dengiz oqimlari, quyun, bo‘ron, Koriolis kuchi. Nazorat uchun savollar 1. „Okean ' atmosfera ' quruqlik“ tizimini tushuntiring. 2. „Issiqlik mashinasi“ qanday ma’noni bildiradi? 10- rasm. „Okean ' at- mosfera ' quruqlik“ tizimidagi suvning aylanma harakati. 41 Amaliy topshiriqlar 1. Havo massalarining „okean ' atmosfera ' quruqlik“ ti- zimiga ta’sirini daftaringizga yozing. 2. Okean bilan quruqlikning o‘zaro ta’sirida suvning ay- lanma harakat sxemasini chizmada tasvirlang. 17- §. Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish Okean boyliklari va ulardan foydalanish. Olimlarning fik- richa, hayot okean sohillaridagi to‘lqinlar hosil qilgan „hayot sharbati — bo‘tqasimon loyqa“ li suv muhitida hosil bo‘lgan. Okean suvlarida mikroskop bilan ko‘rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko‘k kitlargacha, turli xil orga- nizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud. Okean organizmlari yashash joylariga ko‘ra guruhlashtiriladi. Masalan, bentos organizmlar — okean suvlari tubida, yotqiziq- lar orasida yashaydi. Nektonlar — erkin ko‘chib yuruvchi orga- nizmlar bo‘lsa, planktonlar suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fito- plankton va zooplanktonlar). Dunyo okeani tabiiy boyliklarning xazinasi hisoblanadi. Bu boyliklar biologik, kimyoviy, ma’danli va yoqilg‘i-energetika resurslaridan iborat. Hozir biologik resurslarning 2 % idangina foydalanilmoqda. Lekin bu dunyoda iste’mol qilinadigan oqsil moddalarning 20 % ini tashkil etadi. Okean suvlaridan yiliga treska, seld, skumbriya baliqlari ko‘plab ovlanadi. Okean tubidan osh tuzi, brom, magniy, oltingugurt, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin olinadi. Dunyo okeanida neft va gaz eng ko‘p Fors ko‘rfazidan, shuningdek, Venesuela qirg‘oqlaridan, Shimoliy dengizdan, Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi. 42 Dunyo okeani eng muhim va arzon dengiz transporti yo‘li vazifasini bajaradi. Savdo-iqtisodiy aloqalar doirasidagi mah- sulot tashishning 60 % dan ortig‘i dengiz transporti orqali baja- riladi. Dunyo xo‘jaligining rivojlanishi, xalqaro mehnat taq- simotining yuzaga kelishi, savdo-sotiqning rivojlanishi dengiz transporti tufaylidir. Hozir Dunyo okeani sohillarida 2 700 dan ortiq dengiz port-shaharlari mavjud. Dengiz transportida tashiladigan asosiy yuk neft va neft mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Ba’zan bu mahsulotlarni tashiydi- gan maxsus kema — tankerlar halokatga uchrab, sohil tabia- tiga, dengiz organizmlariga katta talafot keltirmoqda. Dengiz turizmi ham okean resurslaridan foydalanishning bir sohasi sifatida tobora rivojlanmoqda. Dunyo okeanini muhofaza qilish milliy, regional va xalqaro ko‘lamda amalga oshiriladigan tadbir. Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida ko‘plab xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Xalqaro dengiz qo‘mitasi, Dav- latlararo okeanografik komissiya (UNESCO qoshida) va bosh- qalar Dunyo okeani boyliklaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ularni muhofaza qilish, tiklash va ekologik sha- roitini yaxshilash borasida ibratli faoliyat ko‘rsatmoqda. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling