Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
- Ekvatorial o‘rmonlar zonasi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Ichki suvlar, berk havza, ostonalar, sharsharalar, al- Farg‘oniy, nilometr, Viktoriya, Livingston sharsharalari. Nazorat uchun savollar 1. Afrikaning ichki suvlarini qanday havzalarga bo‘lish mumkin? 2. Qaysi daryolar eng uzun, havzasi katta va sersuv? 3. Oqar va oqmas ko‘llar qayerda joylashgan? Amaliy topshiriqlar 1. Afrikaning ichki suvlarini yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Yirik daryolarning qanday geografik obyektlardan oqib o‘tishini daftaringizga yozing. 23- §. Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar Afrika materigida doimiy sernam ekvatorial o‘rmonlar zo- nasi bir marta, fasliy nam o‘rmonlar, savannalar va siyrak o‘rmonlar, chalacho‘l va cho‘llar, qattiq bargli doimiy yashil o‘rmon va butazor zonalari ikki martadan takrorlanadi. Òog‘- larda balandlik zonalligi mavjud. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Bu zona ekvatorial iqlim mintaqasida, ekvatorga tutash hududlarda va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida tarkib topgan. Uni gileya yoki yomg‘irli o‘rmonlar deb ham atashadi. 54 Òog‘ jinslarida temir birikmalarining borligi qizil-sariq ferralit tuproqlarni hosil qilgan. Òuproqlar chirindiga boy emas. O‘simliklar oziqani ko‘proq barglari orqali oladi. Ekvatorial o‘rmonlarning asosiy xususiyati doimiy yashil- ligi, ko‘p yarusliligi va juda qalinligidir. Ba’zan tangadek joyga ham quyosh nuri tushmaydi. Bu yerda o‘simliklarning 25 000 tu- ri, jumladan, daraxtlarning 1 000 turi mavjud. Yuqori yarusda (35 — 50 m) seyba, palma daraxtlari ko‘proq. O‘rta yarusda moyli palmalar, quyi yarusda esa rafiya palmasi bilan daraxt- simon paporotniklar, lianalar, eng pastda o‘t o‘simliklar va bu- tazorlar tarqalgan. Hayvonlarning ko‘pchiligi daraxtlarda yashaydi. Turli qush- lar, kemiruvchilar, hasharotlar, martishkalar, shimpanzelar daraxtlarda umr kechiradi. Yerda faqat mitti Afrika bug‘uchasi (bo‘yi 40 sm), karlik begemot (bo‘yi 80 sm), o‘rmon fili, okapi, gorilla va boshqalar yashaydi. Yirik yirtqich hayvonlardan qoplon uchraydi. O‘rmonning barcha qismlarida chumolilar tarqalgan. Qush- larning yuzlab turi, ilon, kaltakesaklar bor. Ekvatorial o‘rmon- lar zonasi mavsumiy nam o‘rmonlar bilan almashadi. Òabiati ekvatorial nam o‘rmonlar tabiatiga o‘xshash, faqat qishda bir- ikki oy kam yog‘in yog‘adi, ba’zan yog‘insiz bo‘ladi. Lekin hayvonlar turi va soni ko‘payadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling