Geog 1 (38-янги). p65


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l
zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar may-
doniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat
zonalari tarkib topgan. Fasliy nam doimiy yashil o‘rmonlar
materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan
palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliðtlar ko‘p uch-
raydi. Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq — koala, lirodum, kengu-
ru, xaltali iblis, o‘rdakburun, yexidna, rang-barang to‘tilar,
qushlar yashaydi (14- rasm). Savannalar materikning shimoliy,
sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda
siyrak o‘rmonlar (evkaliðt, akatsiya, kazuara, butilkasimon
daraxtlar), o‘t hamda buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada
kenguru, vombatlar (xaltali kemiruvchilar), xaltali chumoli-
xo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p.
Cho‘l zonasi materikning ichki qismida katta hududlarni
egallaydi. Bu zonada efemer o‘simliklar bilan birga doimiy


72
yashil butazorlar (asosan, evkaliðt, akatsiyadan iborat) o‘tib
bo‘lmas changalzorlarni — skreblarni hosil qiladi. Bu zonada gi-
gant kengurular, vombatlar, yexidna, dingo iti, emu tuyaqushi,
zaharli ilonlar, mali — inkubator tovug‘i va kemiruvchilar
yashaydi.
Eng janubdagi subtropik iqlim mintaqasidagi tabiat zonalari
hududiy xususiyatga ega. Materikning g‘arbiy qismida qattiq
bargli o‘rmonlar va butalar (asosan, evkaliðtlar), janubi-shar-
qida evkaliðt o‘rmonlari, undan janubda doimiy yashil dub
(eman)lar o‘sadi. Avstraliya Alp tog‘larida balandlik mintaqalari
mavjud. Tasmaniya aralash o‘rmonlar bilan qoplangan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Eng quruq materik, Tasmaniya, paporotnik, evkaliðt, sa-
vannalar, skreblar, mali — inkubator tovug‘i.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling