Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rganilish tarixi.
- Geologik tuzilishi.
- Foydali qazilmalari.
Geografik o‘rni. Avstraliya (lotincha „australius“ — janubiy)
to‘liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisba- tini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan. O‘rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik Uilyam Yanszondir. U 1606- yilda Keyp-York yarimorolini tek- shirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tas- man va boshqalar materikni o‘rgandilar. Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Plat- formaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burma- lanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q. Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon — ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya — rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling