Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okean tubi relyefi.
- Organizmlari.
O‘rganilish tarixi. Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko‘r-
fazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (er. av. IV — V asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (er. av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar. Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII — XII asr- larda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o‘rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi (1498- y.). Hind okeanini birinchi bo‘lib A. Òasman (1642 — 1643) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, J. Kuk (1771 — 1775) okean chuqurligini aniqladi. Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan bosh- landi. „Chellenjer“ kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960 — 1965- yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar to‘pladi. 5 — A. Soatov, A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov 66 Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘- linib ketgan tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston, G‘arbiy Hind tog‘lari va Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir. Okeanning sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlari mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi ajratib turadi. Tog‘ tizmalarining kengligi 400 — 800 km, balandligi 2 — 3 km. Hind okeanining eng chuqur joyi Yava (Zond) cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7 729 m ga teng. Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25 +28 °C, janubida esa ancha past. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dengiz suvi eng sho‘r (42 ‰), sho‘rligi eng past Bengaliya qo‘ltig‘i (30 — 34 ‰) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko‘p (3 000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog‘in shimoli-g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil, subantarktika va an- tarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan. Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida plank- tonlar ko‘p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, molluskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, mar- jon riflari atrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda haqiqiy suvosti o‘tloqlarini uchratish mumkin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling