Geog 1 (38-янги). p65


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

O‘rganilish tarixi. Birinchi bo‘lib ispaniyalik V. Balboa 1513-
yilda Panama bo‘ynidan o‘tib, Tinch okeanni ko‘rgan va unga
Janubiy okean deb nom bergan. F. Magellan 1520 — 1521- yil-
lardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan.
Okean to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar F. Magellan va
J. Kuk sayohatlari tufayli to‘plangan. V. Bering va A. I. Chiri-
kovlar 1741- yilda okeanning shimoliy qismini o‘rganishdi.
I. F. Kruzenshtern, Y. V. Lisyanskiy, S. O. Makarov „Vityaz
kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot
ishlari olib bordilar. Hozirgi vaqtda Tinch okeanni o‘rganish
yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar tuzilgan.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean boti-
g‘i eng keksa va Yer po‘stining juda katta maydonini egallaydi.
Shunga asoslanib, mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratilgan.
Ayni paytda Tinch okean litosfera plitasi o‘rta okean tizmasi
zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng serha-


76
rakat plita ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm
dan katta (Atlas, 4 — 5- betlar). Shuning uchun ham bu „olovli
halqa“ da kuchli va halokatli zilzilalar, vulqon harakatlari tak-
rorlanib turadi.
Okean shelfida daryo va to‘lqin yotqiziqlari, organik jinslar,
okean tubida qizil gilli jinslar eng ko‘p tarqalgan.
Tinch okeanda mineral boyliklar juda ko‘p.
Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tu-
zilgan. Bu yerda dengiz sayozligi kam, 1,7 % maydonni egal-
laydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota, Sariq va Sharqiy Xitoy
dengizlarida mavjud. Materik yonbag‘irlari tik zinapoyalar hosil
qiladi. Okean tubi 62,6 % maydonni egallagan. Bu yerda tog‘
tizmalari, cho‘kmalar, tekisliklar, botiqlar ko‘p tarqalgan. (Ularni
xaritadan toping). Òinch okeanda minglab kilometr masofaga
cho‘zilib yotgan eng chuqur cho‘kmalar ham bor. Bular Mariana
(11 022 m), Òonga (10 882 m), Kermadek (10 047 m), Kuril-
Kamchatka (9 783 m), Filiðpin, Peru, Chili va boshqa cho‘kmalar.
Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta
botiqdan 25 tasi, chuqurligi 10 km dan ortiq bo‘lgan 5 ta bo-
tiqning barchasi shu okeanda joylashgan.
Iqlimi. Òinch okean eng issiq okean bo‘lib, yuzasidagi suv-
ning harorati ekvatordan ikkala qutb tomon kamayib boradi.
Ekvatorial mintaqalarda suv yuzasining harorati yil davomida
28 — 29 °C, Bering dengizida 2 — 7 °C, janubiy yarimsharning
o‘rta kengliklarida 12 — 15 °C atrofida o‘zgaradi.
O‘rtacha yillik yog‘in miqdori ekvator atrofida 3 000 mm
bo‘lsa, mo‘tadil kengliklarning g‘arbida 1 000 mm va sharqida
2 000 — 3 000 mm, subtropikning sharqida esa 100 — 200 mm
atrofida yog‘in yog‘adi. Okean suvining eng sho‘r qismi tro-
piklarga to‘g‘ri keladi (36 ‰). Eng chekka shimoliy va janubiy
qismlarida sho‘rlik ancha pasayadi (32 ‰).
Okeanning g‘arbiy qismidagi tropik kengliklarda kuchli sha-
mollar — tayfunlar (xitoycha „tay fin“ — katta shamol) esib
turadi. Tayfunlarning tezligi soatiga 30 — 50, ba’zan 100 km
gacha boradi va katta to‘lqinlarni yuzaga keltiradi.
Oqimlari. Tinch okean g‘arbdan sharqqa tomon uzoq ma-


77
sofaga cho‘zilganligi sababli unda geografik kenglik bo‘ylab
harakat qiladigan oqimlar ko‘p. Bu oqimlar okeanda issiq-
likning qayta taqsimlanishiga va quruqlik iqlimiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling