Geografik joylashuvi


Download 0.55 Mb.
bet6/8
Sana02.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1321670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qoraqalpog\'iston

JAMPIQ QAL’A


Ushbu ko’hna shahar Sulton Uvays tog’ tizmasining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan. Ushbu qal’a Amudaryo o’ng sohilining eng ko’rkam yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U murakkab tuzilishga ega. Uning sharqiy qismida to’g’ri burchakli qo’rg’on saqlanib qolgan. Uning pahsadan yasalgan devorlari jips yarim-ustunlar bilan bezatilgan bo’lib, tepalari juft pog’onali arkalar bilan yakunlanadi.
Qal’aning ilk qismi miloddan avvalgi IV asrdan milodiy I asrlargacha qurilgan bo’lsada, uning bugungi kungacha saqlanib qolgan devorlari milodiy IX-X asrlarda qurilgan. Ko’hna shaharda topilgan tangalar, ushbu hududda ohirgi marta qachon aholi istiqomat qilganligini (mil. XII-XIV asrlar) aniqlashga yordam bergan.
O’rta asrlarda ushbu shahardan port shahar sifatida foydanilgan. Qazishmalar davomida bu yerdan sharq va g’arb davlatlaridan (Xitoy, Misr, Yevropa, Hindiston) keltirilgan ko’plab topilmalar topilgan.

AYOZ-QAL’A


Ayoz-qal’a (mil.av. IV-III asrlar) Qoraqalpog’istonning eng xushmanzara yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, bu yerda Sulton Uvays tog’ tizmasining sharqiy tomonida joylashgan 100 m. tepalikda bir emas, uchta qal’a mavjud bo’lgan.
Ayoz qal’a-1 shaharchasi yoki “shamol ostidagi qal’a” tepalikning o’zida joylashgan bo’lib, Qizilqum cho’li chetidagi mustahkam qal’a hisoblanib, ko’chmanchilar bosqinlariga qarshi mudofaa vazifasini o’tagan. Yodgorlikning o’zi to’g’ri to’rtburchak shaklga ega bo’lib, uning 10 m. balandlikka ega devorlari xom g’ishtdan qurilgan. Hozirgacha, devorlarda minoralar, kamonchilarga oson harakatlanish imkonini beradigan ikki qavatli galeriyalar va bir biridan teng masofada joylashgan tuynuklarni ko’rish mumkin. Janubiy devorda joylashgan qal’a darvozasi, sharqiy devorga o’tish joyiga ega to’rtburchak inshoot bilan himoyalangan bo’lib, ushbu inshoot ham ikki to’rtburchak minoralar bilan mustahkamlangan.

Binoning shimoliy darvozasida Qadimiy Xorazm tilida, aramey yozuvida bir qatorda uch dona yozuv va uning tepasida qurilish boshlig’i-ustaga tegishli tamg’a belgisi topilgan.
Afsonaga ko’ra qadimda, Xorazm podshohlaridan biri tashqi dushmanlarning bosqinlariga qarshi davlatning chegarasida katta qal’a qurishga qaror qilgan. U “Kimki dushman kira olmaydigan katta qal’a qursa, unga go’zal qizimni beraman” deb e’lon qilgan. Shu o’lkada yashaydigan Ayaz ismli cho’pon ushbu ma’suliyatni o’z bo’yniga olishga qaror qildi va qal’a qurilishini boshladi. Qal’ani qurishga uning qancha vaqt sarflagani noma’lum. Ammo, podshoh o’z so’zida turmay, qizini boshqa odamga turmushga berdi. Qal’a qurilishi esa yakuniga yetmay qoldi. B yerda afsona haqiqat bilan yuzlashadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling