Geografik joylashuvi


Download 0.55 Mb.
bet1/8
Sana02.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1321670
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qoraqalpog\'iston


Geografik joylashuvi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi maydoni 166,6 ming kv.km. Aholisi 1 mln 530,2 ming kishi. Poytaxti — Nukus shahri. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika tarkibida 15 tuman (Amudaryo, Beruniy, Bo'zatov, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako'pir, To‘rtko‘1, Xo'jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 shahar, 16 shaharcha bor. Qoraqalpog'iston hududi geografik jihatdan Qizilqumning shimoli-g‘arbiy qismi, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasidan iborat. Orol dengizining janubiy qismi ham Qoraqalpog‘iston hududida. Ayrim tog‘li joylari ham bor. Ulardan eng kattasi Sulton Uvays tog‘ tizmasidir. Yagona daryosi — Amudaryo (quyi oqimi). Sulton Uvays tog‘lari etagida Badayto'qay qo‘riqxonasi joylashgan. Toponimlar xalq tili va tarixi mahsulidir. Qoraqalpoq xalqining etnogenezi Sirdaryo va Orol bo‘ylarining delta va cho‘l hududlarida yashagan qabilalar bilan bog'liq. Qoraqalpoqlaming aksari qismi XVII asrdan XVIII asr o‘rtalarigacha Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida yashagan va XVIII asrning ikkinchi yarmida Sirdaryo deltasiga ko‘chib o‘tgan. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe bo‘lib, Amudaryo deltasiga ko‘chirilgan. Shu sabab Qoraqalpog‘istonning qoraqalpoqcha nomlarini ancha yosh toponimlar deyish mumkin. Qoraqalpog‘istonning asosiy aholisi qoraqalpoqlar bo‘lsa ham, o'zbeklar bilan qozoqlar son jihatidan qoraqalpoqlardan salgina kamroq. Turkmanlar ham bu erda ko‘p sonli. Jaloyir, qo‘ng‘irot, kerayit, kenagas, qiyot, mang‘it, qipchoq, qatog‘on, nayman kabi urug‘, qabilalar bilan bir qatorda oykonimlar tarkibida qoraqalpoq urug‘ nomlaridan tashqari o‘zbek, qozoq va turkmanlaming urug‘-aymoq nomlari oykonimlar shaklida Respublika xaritasidan katta o‘rin olgan. Bu esa shu xalqlar vakillaming mamlakat hududida yonma-yon yashaganliklarini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda Aholisi, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, rus, ukrainlar tatar, koreyslar va boshqa oʻtizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari — qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik tarkibi — O'zbeklar 38,8 %, Qoraqalpoqlar 35,8 % Qozoqlar, 11,8 % boshqa millatlar. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.[1] Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 millionga yaqin kishi yashaydi.(2022-yil)

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling