Geografik joylashuvi


Download 0.55 Mb.
bet3/8
Sana02.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1321670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qoraqalpog\'iston

Ustyurt yassi tog’i


Olimlarning fikriga ko’ra, Ustyurt yassi tog’i kaynazoy erasining boshida (21 mln yil avval) qurib tamom bo’lgan dengiz tubidir. Ustyurt tog’ini Osiyo va Evropani ajratib turuvchi chegara deb atashadi. Mutaxasislarning aytishlaricha, bu erda hozir ko’rgan narsangiz ertaga g’oyib bo’lishi mumkin. Bu erda geologik jarayonlar doimiy ravishda sodir bo’lib turadi.


  1. Mo’ynoq shahri


Mo’ynoq avvallari Orol dengizining asosiy baliqchilik portlaridan biri sanalgan. Hozirda dengizdan 40 km narida yotibdi. Orol dengizi qurishi bilan bu joy kemalar qabristoniga aylangan.

  1. Jonliq – qal’a


Jonliq- qal’a shahri Amudaryo sohilidagi eng hushmanzara joylardan biri hisoblanadi. Qadimda bu joy Sharq va G’arb mamlakatlari bilan savdo sotiq qiluvchi portlardan biri sanalgan. Qal’aning arxeologik topilmalari orasida juda qo’p turli mamlakatlardan keltirilgan noyob artifaktlar topilgan. Ular Hindiston, Xitoy , Misr va Evropadan keltirilganligi aniqlangan.

  1. Jirchi


Jir, yir—bir qancha turkiy xalqlarda qo’shiq, she’r ma’nosini anglatuvchi tushuncha. Tatarlarda umuman xalq qo’shiqlari, qozoq va qoraqalpoqlarda syujet asosiga qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar jir deb ataladi. Qoraqalpoq milliy asbobi qo’biz jo’rligida termalar ijro etuvchilar jirchilar deyilgan.


  1. Qoyqirilgan – qal’a


Mil.av. IV asr – mil. IV asr. Qoyqirilgan -qal’a diametri 80 m doira formasida qurilgan. O’rtada diametri 44,4 m chamasidagi 2 qavatli inshot bo’lgan. Arxeologik qazish ishlari o’rtadagi inshotning astronomik tadqiqotlar olib borish uchun qurilganligini aniqladi. Taxminlarga ko’ra, Fomalgaut yuldizi eng yorug’ yulduz hisoblanib, Qoyqirilgan-qal’aning qurilishi ushbu astral timsolga bag’ishlangan. Qoyqirilgan-qal’ada topilgan keramikadan statuya (odam haykalchalari) formasida ishlangan osuariylar O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling