Geografik joylashuvi


Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamis“ dostoni. Shuningdek, „Yedige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur


Download 0.55 Mb.
bet5/8
Sana02.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1321670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qoraqalpog\'iston

Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamis“ dostoni. Shuningdek, „Yedige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur.
Qishloq ­xo‘jaligining­ asosiy ­tarmoqlari: sholichilik, paxtachilik, polizchilik, qo‘ychilik.
Nukus – Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti, sanoat va madaniyat markazi hisoblanadi. Shahar 1932-yilda kichik ovul o‘rnida barpo bo‘ldi. Geografik o‘rnining qulayligi tufayli 1939-yilda respublikaning poytaxti To‘rtko‘ldan Nukusga ko‘chdi. Amudaryoda qurilgan gidrotexnik to‘g‘on orqali Nukusga temiryo‘l va avtomobil yo‘li o‘tkazildi. Shaharda poligrafiya kombinati, motor tuzatish, g‘isht zavodlari, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Nukusda 6 ta oliy o‘quv yurti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.


Taxiatosh shu nomdagi IES qurilishi munosabati bilan 1952-yilda qad ko‘tardi. U energetiklar, gidrotexniklar, muhandislar va suvchilar shahridir. Taxiatosh yaqinida Amudaryoga qurilgan yirik gidrotexnik to‘g‘on shahar xo‘jaligini yanada yuksaltirdi. Kelajakda Taxiatosh, asosan, binokorlik materiallari ishlab chiqaruvchi markaz sifatida yanada rivojlanadi, unda yangi korxonalar quriladi.

Mo‘ynoq Orol dengizi sohilidagi sobiq port shahar. Orol suv sathining keskin pasayib ketishi oqibatida shahar dengizdan uzoqda qolib ketdi. Natijada shahar xo‘jaligi butkul o‘zgardi.

Beruniy Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan muhim sanoat markazidir. Shahar avtomobil yo‘li orqali Nukus bilan bog‘langan. Paxta tozalash va yog‘ zavodlari shaharning asosiy korxonalari hisoblanadi.

QIZIL-QAL’A


Qizil qal’a Tuproq qal’adan 1.3 km. g’arbda joylashgan. U deyarli kvadrat shaklga ega bo’lib, ikki tomondan minoralar va balandligi 16 m. bo’lgan nayzasimon tuynuklarga ega. Qal’aga janubiy-sharqiy tomondan ko’tarma yo’lak orqali kirish mumkin.
Ba’zi olimlarning fikricha, qal’a harbiy qo’shin garnizonlari kazarmasi sifatida yoki o’rta asrdagi Xorazmga xos bo’lgan mustahkam saroy sifatida ishlatilgan.
Qal’aning ichki qismi yaxshi saqlanib qolgan. Bu yerga kirgan tashrif buyuruvchilar o’zlarini kiriboq ikkinchi qavatga kirgandek his qiladi. Qiziqqon mahalliy aholi, qa’la ichidan oltin topish ilinjida qal’aning yerto’lasiga kirishga harakat qilishgan. Ammo, ular ko’pincha quyoshning jazirama issig’idan berkinib yotgan ilonlarga duch kelishgan. Bu holat xalq orasida, “qal’ada oltin yashiringan ammo, hech kim unga erisha olmaydi, chunki u bahaybat ilon yoki iblis tomonidan himoya qilinadi” degan afsonaning yaralishiga sabab bo’lgan.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling