Geografik joylashuvi
Download 0.55 Mb.
|
Qoraqalpog\'iston
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO’PROQQAL’A
- ChILPIQ
- QO’YQIRILGAN QAL’A
AYAZQAL’AQo’rg’on mil. IV–III asrlarda qurilgan. Uchta yodgorlikdan iborat (Ayazqal’a 1, 2, 3). Ayaz-qal’a 1 qal’asi tabiy tepalikning ustiga qurilgan. Qo’rg’on mil. IV–III asrlarda qurilgan. Ayazqal’a 2. VII–VIII asrning boshlari, XIII asrda turar joy sifatida foydalanilgan. Bugungi kunda qal’a yonida qora TO’PROQQAL’AMil. I–IV asrlar. To’proqqal’a ko’lami 500×350 m. To’rt burchakli, qal’aning sirtidan o’r qozilgan, qo’rg’on devorlari bilan qurshalgan, ularning balandligi 8-9 m gacha etgan. Burchakda uch minorali saroy qad ko’tarib turgan. Qal’a darvozasidan boshlangan ko’cha kal’ani ikiga bo’lib turgan, ko’chaning ikki atrofi mavzelarga (asosan hunarmandlar mavzelariga) bo’lingan bo’lib, uning bir bo’lagi ehrom inshootlari bilan to’la bo’lgan. Qal’a inshootlarining birida tilla yalatilgan bronzadan ishlangan bilakuzuk kiydirilgan tog’ qo’chqorining shoxlari topilgan, uning atrofida siylov, mukofot yoki boshqa maqsadda keltirilgan ko’p sonli shisha idishlar, bezak buyumlari, alebastrdan ishlangan haykalchalar, devorga chizilgan rasmlar (raqsga tushayotgan niqoblilar), «Askarlar zali»da – askarlarning haykalchalari, «Podsholar zali»da esa – pishmagan loydan ishlangan podsholarning haykalchalari topildi. ChILPIQMil. I–IV asrlar, mil. IX–XI asrlar. Doira formasida qurulgan Chilpiq yodgorligi Nukus-Beruniy avto yo’lining bo’yida, Nukusdan 43 km janubda, Amudaryoning ung sohilida, balandligi 35 – 40 m bo’lgan tabiyiy tepalikda qurilgan. Chilpiqning diametri 65 – 79 m. Devorlarining balandligi 15. Mil . II–IV asrlarda zaroastrizm dini bo’yicha daxma sifatida solingan va foydalanilgan. IX–XI asrlarda mahalliy xalq uni belgi beruvchi minor sifatida foydalangan. QO’YQIRILGAN QAL’A22.11.2019 10:38:24 7409 Tarixiy obidalar Mil.av. IV asr – mil. IV asr Qo’yqirilgan qal’a diametri 80m doira formasida qurilgan. O’rtada diametri 44,4m chamasidagi 2 qavatli inshoot bo’lgan. Arxeologik qazish ishlari o’rtadagi inshootning astronomik tadqiqotlar olib borish uchun qurilganligini aniqladi. Tahminlarga ko’ra Fomalgaut yulduzi eng yorug’ yulduz hisoblanib, Qo’yqirilgan qal’aning qurilishi ushbu astral simvolga bag’ishlangan. Fomalgaut arab tilida “Janubdagi baliqning og’zidan oqqan suvning oxiri» ma’nosini anglatadi, ya’ni suv stixiyasi bilan bog’liq bo’lgan. Qadimgi Xorazm dexqonchiligida suvga sig’inish (kult) katta ahamiyat kasb etgan. Qo’yqirilgan qal’ada topilgan keramikadan odam haykalchalari formasida ishlangan ossuariylar O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling