Geografik joylashuvi
Download 0.55 Mb.
|
Qoraqalpog\'iston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayoz qal’a-3 shaharchasi
Ayoz qal’a-2 shaharchasi taxminan milodiy VII asr ohiri-VIII asr boshlarida Afrigid sulolasi hukmronligi davrida qurilgan deb taxmin qilinadi. Qal’a murakkab tuzilishga ega. Pastga olib boradigan qiyalik yo’lak, qachonlardir qal’a darvozasini tepalikda joylashgan katta hashamatli qasr bilan bog’lagan. Ushbu qasr O’rta asr davrida butun Markaziy Osiyo bo’yicha eng chiroyli qasr sifatida qayd etilgan. Unda ustunli katta zallar, nafis o’rindiqlar, marosimlar maydonchasi, devoriy tasvirlar va otashparastlar ibodatxonasi mavjud bo’lgan. Bu yerda Afrigid sulolasi Xorazm shohlaring xususan, shoh Bravikning tangalari topilgan. Saroy taxminan milodiy IV asrda qurilgan va keyinchalik ikkita ketma-ket yong’inlar natijasida buzilib ketgan.
Ayoz qal’a-3 shaharchasi (mil.av. IV-III asrlar) parallelogram shaklida qurilgan yirik, mustahkam inshoot bo’lib, yon tomondan ikki qavatli devor va ko’plab minoralar bilan o’rab olingan. Minoralar to’rtburchak shaklda qurilgan. Qal’aga kirish janubiy tomonning o’rtasida bo’lib, murakkab darvoza -oldi labirintni hosil qilgan qayrilma devorlar bilan mudofalangan. Qal’aning hovlisi butunlay bo’sh bo’lib, faqat ba’zi devorlarning oldida kichik binolar bo’lgan bo’lishi mumkin. Qal’aning shimoli-g’arbiy burchagida ko’p xonali katta bino joylashgan. Unga kesishgan ikkita ustma-ust yo’laklar binoni har biri 10 ta xonadan iborat 4 ta sektorga bo’lib yuborgan. Ayoz qal’a-3, taxminlarga ko’ra, Kushon imperiyasi davrida garnizon sifatida yoki hukmdorlarning qarorgohi va mahalliy dehqonlar uchun boshpana sifatida ishlatilgan bo’lishi mumkin. Eski qal’a, Ayoz-qal’a-1 esa kichik sonli askarlarga boshpana bo’lgan va shunchaki nazorat posti sifatida ishlatilgan. Qal’a devorlari atroflaridan ko’plab dehqonlarning uylari, qishloq xo’jaligi yerlari, devorlari va vino yetishtirish maydonlari bo’lgan qo’rg’oncha yerlari qoldiqlari topilgan. KATTA GULDURSUNQal’a mil.av. III–IV asrlar, mil. XII–XIII asrlar Kata Guldursun – Qadim Xorazmning eng yirik chegara qal’alaridan hisoblanadi. Ko’lami 350×230 m teng bo’lgan maydonga ega. Ichida olib borilgan qazish ishlari vaqtida arxeologlar tomonidan qadim va o’rta asrlarga tegishli materiallar topildi: o’rta asrlarga tegishli sopol idishlar, bronzadan ishlangan bezak buyumlari, qadim va o’rta asrlarga tegishli tangalar.Bu tangalar bo’yicha qal’ada hayot 1220 yilargacha – ya’ni Muxamad Xorazmshox boshqargan davr, Chingisxon bosqinchiligiga qadar davom etgan. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling