Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet45/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Surilma deb, tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’sirida yonbag‘ir bo‘ylab pastga surilib tushishiga aytiladi. Surilmalar, asosan, tog‘li o‘lkalarda so- dir bo‘ladi (6-rasm). Ko‘pincha suvli va suv o‘tkazmaydigan gilli qatlam- lar ustma-ust joylashgan tik yonbag‘irlarda ro‘y beradi. Surilmalar ham sellar kabi xo‘jalikka juda katta moddiy zarar yetkazadi. Yonbag‘irlar tuproq va o‘simliklarini olib ketib, yo‘l va inshootlarni ko‘mib yuboradi. Surilmaning oldini olish uchun yonbag‘irlarda suvli qatlamga tushadigan suv miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Sug‘orma dehqonchilik natijasida o‘pqonlar avj olib, yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz holga keladi.



Antropogen omillarga insonning turli xil xo‘jalik faoliyati kiradi: qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, konchilik sanoati, metallurgiya, qurilish, transport va boshqalar. Antropogen omil-

lar ta’sirida antropogen yoki texnogen jarayonlar sodir bo‘ladi. Bunday jarayon- larga surilmalar, yer yuzasining cho‘ki- shi, o‘pirilmalar, yerosti suvlari sathi- ning ko‘tarilishi yoki pasayishi, daryo va ko‘llarning qurishi, yangi suv havzala- rining vujudga kelishi, yerlarning sho‘rla- nishi kabilar kiradi. Mazkur jarayonlar xo‘jalik faoliyatiga katta zarar yetkazadi.

Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi

natijasida sho‘rlanish, shamol va suv 6-rasm. Orqutsoydagi surilma



eroziyasi ham rivojlanadi. Yerosti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘lsa, suvlarning bug‘lanishi oqibatida tuproq sho‘rlana boshlaydi. Chunki, suv bug‘langanda uning tarkibidagi tuzlar tuproq- da qolib, tuz miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Bunday holat Xorazm vohasida va Mirzacho‘lda namoyon bo‘lmoqda.

Deflyatsiya doimiy shamollar esadigan joylarda ko‘proq uchraydi, haydalgan yerlarda tuproqning yuqori unumdor qismi uchib ketadi.

Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida eroziya jadalla- shadi. Bunday jarayonga irrigatsiya eroziyasi deyiladi. Irrigatsiya ero- ziyasi tog‘oldi hududlarida lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan, ni- shabligi 2° dan katta bo‘lgan yerlarda sug‘orish me’yori va qoidalariga amal qilinmagan hollarda juda kuchli yuz beradi. Natijada yerlar jarla- nib, unumdor tuproq qoplami yuvilib ketadi. Buning oldini olish uchun yerdan foydalanishda agrotexnika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim.

Suv inshootlarining qurilishi ham ayrim noxush hodisalarni keltirib chiqaradi. Qoraqum kanalining qurilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlari- ning sug‘orishga sarflanishi natijasida, Orol dengizining sathi 1960-yildan so‘ng pasaya boshladi. Orol dengizi tubining ochilib qolgan qismidan tuzlarni shamollar uchirib olib kelishi oqibatida Orolbo‘yi atrofidagi yerlarning sho‘rlanish darajasi ortib bormoqda. Hozirgi paytda buning oldini olish maqsadida sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilmoqda.

Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan turli noxush ta- biiy geografik jarayonlar vujudga keladi. Masalan, konchilik sanoati- ning rivojlanishi natijasida juda ulkan surilmalar, yer yuzasining cho‘kishi, o‘pirilishlar, yerosti suvlari sathining pasayishi va bosh- qa hodisalar ro‘y beradi. Ohangaron vodiysida 20–25 yil davomida ko‘mirni gazga aylantirilishi oqibatida yerostida 1 km2 dan ortiqroq maydonda bo‘shliq hosil bo‘lgan. Natijada, tog‘ yonbag‘rining barqa- rorligi buzilib, hajmi 700–800 mln m3 ni tashkil qilgan surilma ho- sil bo‘ldi va xo‘jalikka katta moddiy zarar yetkazdi. Foydali qazilma konlarini qazib olish jarayonida suvlarni kondan tashqariga chiqarib yuborish oqibatida yerosti suvlarining sathi keskin pasayib ketadi. Juda katta maydonlarda neft va gaz qazib olish esa, yer yuzasining cho‘kishiga olib keladi. Masalan, neft va gaz qazib olish natijasi- da Rossiyaning G‘arbiy Sibir pasttekisligi cho‘kmoqda, oqibatda bu tekislikda yerosti suvlari sathi ko‘tarilib, botqoqliklar va ko‘llar may- doni kengayib bormoqda.

Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan changlar havoni ifloslab, «issiqxona samarasi»ni keltirib chiqarmoqda, oqibatda Yer yuzida o‘rtacha harorat ortib bormoqda.


Tabiiy geografik jarayonlar, tabiiy omillar, antropogen omillar, nurash, sel, eroziya, abraziya, deflyatsiya, surilma, karst.
1. Tabiiy geografik jarayonlar deb nimaga aytiladi?

  1. Tashqi kuchlar ta’sirida qanday tabiiy geografik jarayonlar vujudga keladi?

  2. Siz yashab turgan joyda qanday tabiiy geografik jarayonlar sodir bo‘lib turadi?

  3. Konchilik sanoatining rivojlanishi oqibatida sodir bo‘ladigan jarayonlar ro‘yxatini tuzing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling