Geografiya 10 sinf 2017. indd


O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish


Download 1.04 Mb.
bet56/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekis- tonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivoj- lanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi.

Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassa- sa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mine- ral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» kor- xonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirli- gi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masa- lalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatilib, nazorat qilib tu- riladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. No- xush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bi- lan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling