Geografiya 10 sinf 2017. indd


Geografik-ekologik ekspertiza asoslari


Download 1.04 Mb.
bet57/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangi- na amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi.

Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin ti- lida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha eks- pertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geografik va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.

Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshooti- ning atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.

Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘sim- lik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baholashga aytiladi.

Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geografik-ekologik ekspertiza deb ataladi. Geografik-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tibor- ga olinadi.



Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografïk ekspertiza boshqarmasi mavjud.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling