Geografiya 10 sinf 2017. indd


Dunyo va yirik regionlarning asosiy demografik ko‘rsatkichlari (2016-y.)


Download 1.04 Mb.
bet60/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Dunyo va yirik regionlarning asosiy demografik ko‘rsatkichlari (2016-y.)



Hududlar

Tug‘ilish (har 1000 kishiga

O‘lim (har 1000 kishiga)

Aholi tabiiy ko‘payishi

Har 1000

kishiga

%

1

Dunyo

20

8

12

1,2

2

Rivojlangan davlatlar

11

10

1

0,1

3

Rivojlanayotgan davlatlar

22

7

15

1,5

4

Yevropa

11

11

0

0

5

Osiyo

18

7

11

1,1

6

Afrika

36

10

26

2,6

7

Shimoliy Amerika (AQSH va Kanada)

12

8

4

0,4

8

Lotin Amerikasi

17

6

11

1,1

9

Avstraliya va Okeaniya

17

7

10

1,0

Tabiiy ko‘payishning yuqori sur’atlari saqlanishi yoki o‘ta past da- rajaga tushishi mamlakat iqtisodiyoti uchun turli muammolarni keltirib chiqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu muammolar ishsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kamchiliklar bo‘lsa, rivojlangan davlat- larda ular mehnat resurslari yetishmasligi, nafaqa va soliq tizimlarining beqarorligida bilinadi. Ayrim davlatlar demografik vaziyatini o‘zgartirish maqsadida maxsus moddiy, ma’muriy va targ‘ibot choralarini qo‘llab kelmoqda. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan bunday choralar tizimi demografik siyosat deb ataladi. Demografik si- yosat, asosan, ikki xil: mamlakat aholisi tabiiy o‘sishini kamaytirishga qaratilgan yoki uni ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishdagi demografik siyosat tajribalari Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda mavjud bo‘lsa, ikkinchisi Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.

Aholi soni, tug‘ilish, o‘lim, aholining tabiiy o‘sishi, demografik portlash, demografik o‘tish, demografik vaziyat, demografik siyosat.



  1. Demografik portlash tushunchasi nimani anglatadi va u nima sababdan ro‘y beradi?

  2. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyat qanday farqla- nadi?

  3. Turli maqsadlarga yo‘naltirilgan demografik siyosat haqida fikringizni bildiring.

18-§. URBANIZATSIYA JARAYONINING GLOBAL VA REGIONAL JIHATLARI


Ma’lumki, urbanizatsiya (lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jaray- onidir. Shaharlar eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, qishloqlar bilan birgalikda aholi manzilgohlarining ikkita asosiy turidan birini tashkil qila- di. Shaharlar tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Qadimgi davrlarda shaharlar hunarmandchilik, savdo-sotiq, ma’muriy boshqaruv, mudofaa ishlari, diniy ibodatxona va ziyoratgohlar negizida vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, bir necha ming yillar avval Yer yuzida Fiva, Bobil (Vavilon), Ur, Afina, Rim, Iskandariya, Karfa- gen, Moxenjo-Daro, Samarqand (Marokand) kabi yirik shaharlar mav- jud bo‘lgan. Ammo haqiqiy shaharlashuv jarayoni qizg‘in sur’atlar bilan faqat XIX asrda, dastlab Yevropada, keyinchalik esa Shimoliy Amerikada boshlandi. Bu hodisa G‘arb davlatlarida o‘sha paytda ro‘y bergan sanoat inqilobining natijasi bo‘ldi. Dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida esa urbanizatsiya jarayonlari XX asrning o‘rtalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli boshlandi va hozirgi kunga- cha yuqori sur’atlar bilan davom etmoqda.

Oxirgi 200 yil davomida dunyo aholisida shahar aholisining ulushi muntazam ravishda o‘sib borgan. 1800-yilda insoniyatning taxminan 3 % i shahar joylarida istiqomat qilgan edi. 1900-yilga kelib bu raqam 14 % gacha ko‘tarildi. Yarim asrdan so‘ng, 1950-yilda jahon urbanizatsi- ya darajasi 29 % ni tashkil etdi, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 45 %, 2001- yilda – 47 % ga yetadi. 2010-yilga kelib shaharliklarning jahon aholisi tarkibidagi ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda u 54 % ga teng.

Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi.



    1. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi

50 % dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi. Ayniqsa, yirik sha- harlar tez o‘sishni boshlaydi. Bunda eng yirik shahar boshqalarga nis- batan ancha ilgarilab ketadi. Eng yirik shaharlarning o‘sishi ayrim hol- larda “soxta” urbanizatsiya tarzida, ya’ni shahar chekkalarida qishloqdan ko‘chib kelgan past daromadli aholi uy-joylarining zichlashib borishi ko‘rinishida kechadi. Hozirda Osiyo va Afrikadagi qator rivojlanayotgan mamlakatlar urbanizatsiyaning ana shu bosqichini kechirmoqdalar.

    1. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi “millioner” shaharlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglome- ratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Shaharliklarning jami aholidagi ulushi 50 % dan ortib ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa, yiriklari tez rivojlanadi, sha- har manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi. Urbanizatsiyaning bu bosqichi Sharqiy Yevropa, MDH davlatlari, Lotin Amerikasi, Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Okeaniyadagi ko‘p mamlakatlarga xos.

    2. Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlat- lari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bun- da aholi yirik shaharlarning markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritish- ni davom ettiradi. Natijada shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqlashib bo- raveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb atala- di. Transport va aloqaning zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va sha- har turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi, natijada shahar va qishloqlardagi yashash sharoiti tobora yaqinlashadi, ya’ni, qishloq joylar rasman o‘zining qishloq maqomini saqlab tursa-da, asli- da, tub ma’noda shaharlashib ketadi. Shahar bilan qishloq joylar orasi- dagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo‘qolib borish jarayoni rurbanizatsiya atamasi bilan yuritiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling