Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet61/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

9-jadval


Dunyo va yirik regionlarning urbanizatsiya darajasi (2016-y.)



Hududlar

Urbanizatsiya, %

1

Dunyo

54

2

Rivojlangan davlatlar

78

3

Rivojlanayotgan davlatlar

49

4

Yevropa

74

5

Osiyo

48

6

Afrika

41

7

Shimoliy Amerika (AQSH va Kanada)

81

8

Lotin Amerikasi

80

9

Avstraliya va Okeaniya

70

Demak, jahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlari- da rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Lo- tin Amerikasi, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi dav- latlarda urbanizatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha hisobda 70 foizdan oshgan (9-jadval). Bu borada, ayniqsa, Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Vene- suela kabi shaharlashuv darajasi 90 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar ko‘zga tashlanadi.

Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi ya- shaydigan Osiyo qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmun- cha pastroq, 50 foiz atrofida bo‘lib, o‘sishi davom etmoqda. Afrikada esa urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40 foizdan sal ko‘proq. Lekin har ikka- la qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo‘ltig‘i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi. Shu bilan birga, Butan, Burundi, Mala- vi, Uganda, Chad, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25 foizga ham yetmaydi. Ammo oxirgi yillarda shahar aholi- sining umumiy soni va jahon aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari hisobiga ko‘paymoq- da. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli.

Jahon urbanizatsiyasining hozirgi bosqichida xalqaro savdo-iqti- sodiy va bank-moliya munosabatlari rivojlanishi, transmilliy korporat- siyalar faoliyati doirasining kengayishi, zamonaviy transport va aloqa tarmoqlari vujudga kelganligi hisobiga ayrim juda yirik shaharlarning ta’sir doirasi joylashgan davlati bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa mamlakat va mintaqalar, ba’zan esa jahonni qamrab olmoqda. Bunday shaharlarning aholisi soni bir necha million kishiga teng bo‘lib, yirik transmilliy korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorgohlari, dunyo- dagi eng yirik port, sanoat korxonalari, bank, moliyaviy jamg‘arma va birjalar joylashganligi bilan boshqa shaharlardan ajralib turadilar. Shu toifadagi shaharlarga nisbatan global (yoki jahon) shaharlari atamasi qo‘llaniladi. Global shaharlar qatoriga, eng avvalo, Nyu-York, London, Tokio, Shanxay, Gonkong, Parij, Dubay, Singapur kabi savdo-moliyaviy va transport salohiyati o‘ta katta shaharlar kiritiladi. Global shaharlar

safi borgan sari kengaymoqda, ularning ta’sir doirasi esa barcha qit’a va ularning yirik qismlarini qamrab olishga intilmoqda.

Urbanizatsiya jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi va ularning bevosita hosilasi bo‘lib, qator muammolarni ham kel- tirib chiqarmoqda. Bu muammolarning qamrovi keng bo‘lib, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, madaniy, ma’naviy-axloqiy jihatlar bilan tav- siflanadi. Bunda ishlab chiqarish atrof-muhitga o‘tkazadigan bosimi- ning kuchayishi, suv ta’minotidagi kamchiliklar, transport tarmoqlariga me’yoridan ortiq yuk tushayotgani, shahar turmush tarzi bilan bog‘liq kasalliklarning tarqalishi, jinoyatchilikning ortishi va boshqa muammolar eng dolzarb hisoblanadi. Demak, jahon urbanizatsiyasining zamonaviy bosqichi miqdor va sifat xususiyatlari, shuningdek, turli ko‘rinishdagi muammoli jihatlari bilan tavsiflanadi.

Urbanizatsiya, shahar, shahar aholisi, urbanizatsiya bosqichlari, “soxta” urba- nizatsiya, suburbanizatsiya, rurbanizatsiya, global shaharlar, urbanizatsiya muam- molari.




      1. Nima sababdan urbanizatsiya jarayoni aynan so‘nggi ikki asr mobaynida yuqori tezlik bilan rivojlandi?

      2. Urbanizatsiya rivojlanishi qanday bosqichlarni bosib o‘tadi?

      3. Yirik shaharlarning ijobiy va salbiy tomonlarini jadval shaklida daftaringizga yozib chiqing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling