Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet68/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

rasm. BMTning eng sust rivojlangan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan (ko‘k rangdagi) va bu ro‘yxatdan oxirgi yillarda chiqib ketgan (yashil rangda) davlatlar

Bulardan 34 tasi Afrikada, 9 tasi Osiyoda, 4 tasi Okeaniyada va 1 tasi (Gaiti) Lotin Amerikasida joylashgan. Bu toifadagi mamlakatlarda jahon aholisining 11 foizdan ortig‘i yashaydi.

Hozirgi kunda oziq-ovqat muammosi ham ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. Bu muammoning mohiyati dunyoda jami 1,2 milliardga yaqin odamlar yetarli darajada ozuqa mod- dalarni iste’mol qila olmayotganligi, u yoki bu darajada ocharchilikka duch kelganidan iborat. Aholisi eng yuqori sur’atlar bilan ko‘payotgan, Afrika mamlakatlarida bu muammo eng keskin darajada ro‘y bermoq- da. Jumladan, Somali, Janubiy Sudan, Chad va boshqa mamlakatlar- da ocharchilik umummilliy gumanitar falokat darajasiga yetdi. Shu- ningdek, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo hamda Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlarida ham bir necha million kishi ocharchilik sharoiti- da yashamoqda. Oziq-ovqat muammosining yechimiga, asosan, qishloq xo‘jaligidagi texnika va texnologiyalarni tubdan takomillashtirish, bu sohada mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari bilan erishish mumkin.



Energetika muammosi ham dolzarb global muammolaridan biri bo‘lib, uning mohiyati jahon energetika balansining aksariyat qismi tugaydigan energiya manbalariga to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi. Ya’ni, mineral yoqilg‘i resurslari (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, slanes, torf) zaxiralarining kamayishi yoki ularni qazib olish tannarxining ancha ko‘tarilishi, aholi va ishlab chiqarishning energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari orasidagi tafovut bilan bog‘liq muammoni yuzaga keltiradi. Bu muammoning yechimi, ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, asosan ikkita yo‘nalishdagi harakatlar bilan bog‘liq: energiyani tejaydigan texnologiyalarning amaliyotga keng joriy etilishi hamda quyosh energiyasi, shamol, qalqishlar, geotermal energiya, bioyoqilg‘i singari noan’anaviy (muqobil) energiya manbala- ridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish.
Insoniyatning global muammolari, tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi, oziq-ovqat muammosi, energetika muammosi.
1. Global muammolarining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

  1. Global muammolar qanday guruhlarga bo‘linadi?

  2. Qo‘shimcha ma’lumot manbalariga asoslanib, jahonda va O‘zbekistonda tur- li muqobil energiya resurslaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot tayyorlang.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling