Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet71/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

G‘arbiy Yevropa davlatlari. Yevropaning bu subregioniga qit’adagi eng ulkan iqtisodiy salohiyatga ega uchta davlat – Germaniya, Fran- siya va Buyuk Britaniya, shuningdek, Avstriya, Shveytsariya, Belgiya, Niderlandiya, Irlandiya hamda “mitti” davlatlar safiga mansub Lixten- shteyn, Lyuksemburg va Monako kabi mamlakatlar kiradi. Alp tog‘lari- da joylashgan Avstriya, Shveytsariya va Lixtenshteyn Alp mamlakat- lari guruhini tashkil qiladilar. Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlariga nisbatan esa ular o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayon- lari juda yuqori darajada ekanligini hisobga olgan holda “Benilyuks” umumiy nomi ishlatiladi.

Subregion mamlakatlarining iqlim sharoiti mo‘tadil, Fransiya janu- bida esa iqlimi subtropik. Foydali qazilmalardan Shimoliy dengiz ak- vatoriyasidagi neft-gaz (Niderlandiya, Buyuk Britaniya), qo‘ng‘ir va toshko‘mir (Germaniya, Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya), temir ru- dalari (Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg, Belgiya) va kaliy tuzlari (Germaniya) konlari diqqatga sazovor. Alp mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy.

G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish va tabiiy ko‘payish ko‘rsat- kichlari juda past, Germaniyada esa ko‘p yillardan buyon depopulya- tsiya jarayoni ro‘y bermoqda. Lekin tashqi migratsiya balansi yuqori musbat ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi bois, subregion davlatlari- da aholi o‘sishi davom etmoqda. G‘arbiy Yevropa qit’a subregionlari ichida aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Urbanizatsiya ko‘rsatkichlari, Lixtenshteyndan tashqari, barcha davlatlarda yuqori bo‘lib, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburgda 90 foizdan baland, Monakoda esa 100 foizga teng. Yevropa va butun ja- hon miqyosida katta ta’sir doirasiga ega London, Parij, Berlin, Gamburg,

Bryussel, Amsterdam, Syurix va ular singari boshqa yirik shaharlarning aynan G‘arbiy Yevropada joylashganligi ham bu subregionning muhim o‘ziga xos xususiyatidir.

G‘arbiy Yevropa davlatlarining barchasi rivojlangan davlatlar safiga mansub bo‘lib, jahon xo‘jaligining hududiy tarkibida juda muhim o‘rin- ga ega. Jahon iqtisodiyotida G‘arbiy Yevropa davlatlari ko‘p tarmoqli mashinasozlik va kimyo sanoati, intensiv chorvachilik va dehqonchilik, bank-moliya va turizm sohalarining xalqaro ahamiyatli darajada rivoj- langanligi bilan alohida ajralib turadilar.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling