Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet73/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Sharqiy Yevropa davlatlari. Bu subregionga qit’ada joylashgan sobiq Ittifoqdosh respublikalar (Rossiya Fe- deratsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova) hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar

  1. rasm. Venetsiya – Italiyaning eng go‘zal shaharlaridan biri

(Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya,

Ruminiya, Bolgariya, Sloveniya, Ser-



biya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Makedoniya, Albaniya) kiradi. Bu mamlakatlarning muhim umumiy jihatlaridan biri o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga mansubligidir. Yettita davlati – Belarus, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Moldova, Serbiya, Makedoniya

  • dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Bolgariya, Albaniya, Make- doniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Chernogoriya davlatlari Bolqon yarimorolida joylashganligi bois odatda Bolqon mam- lakatlari deb nomlanadi.

Sharqiy Yevropaning siyosiy xaritasida o‘tgan asrning oxirida jid- diy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sovet Ittifoqi tarqalib ketganligi natijasida Rossiya, Ukraina, Belarus va Moldova davlatlari tashkil topdi. Yugo- slaviya Sotsialistik Federativ respublikasining parchalanishi chog‘ida bi- rin-ketin Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya kabi davlatlar mustaqilligini e’lon qildi. Chexiya va Slovakiya respublikalari Chexoslovakiya davlati tarkibidan ajralib chiqdi. Jahon hamjamiyati tomonidan to‘laligicha tan olingan oxirgi si- yosiy-geografik o‘zgarish 2006-yildagi Serbiya va Chernogoriya fede- ratsiyasining tarqalishi bo‘ldi. Ahamiyatlisi shundaki, Bolqon yarimo- rolidagi ayrim davlatlarning mustaqillikka erishish jarayoni tinch rav- ishda kechmasdan, harbiy ziddiyat, millatlararo va dinlararo fuqarolik urushlarni keltirib chiqardi. Bunday urushlarning eng qonlilari Bosniya va Gersegovina hamda Xorvatiya davlatlarida 1992–1995-yillarda so- dir bo‘ldi. Sobiq Yugoslaviya hududida, xususan Serbiya va Make- doniya davlatlarida, geosiyosiy vaziyat haligacha to‘liq barqarorlash- gani yo‘q. Sharqiy Yevropa subregionining yana bir xususiyati bironta ham monarxiya davlati yo‘qligidan iborat. Rossiya hamda Bosniya va Gersegovina hududiy-davlat tuzilish jihatidan federativ, boshqa davlatlar esa unitar tuzilishga ega.

Subregion hududi asosan, ulkan Sharqiy Yevropa tekisligidan iborat



bo‘lsada, yirik tog‘ tizimlari ham mavjud. Tog‘lar Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Albaniya va sobiq Yugoslaviya davlatlari hududining katta qismini egallaydi. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gaz (Rossiya, Ruminiya), tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir (Ukraina, Rossiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Serbiya), temir rudalari (Rossiya, Ukraina, Polsha), rangli metallar (Albaniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya), ka- liy tuzlari (Belarus, Rossiya), torf (Belarus, Rossiya) zaxiralarini alo- hida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sharqiy Yevropaning tog‘li mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, ulardan samarali ravishda foyda- lanilmoqda. Shuning uchun ham Slovakiya, Bosniya va Gersegovina,





Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling