Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet81/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Sharqiy Afrika uchun, asosan, subekvatorial va tropik iqlim xosdir. U Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli, qadim- dan Hindiston va turli arab davlatlari bilan savdo aloqalarini o‘rnatib kelgan. Boshqa subregionlardan farqli ravishda bu mintaqa mineral re- surslarga nisbatan kambag‘al ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli iqtisodiyotini rivojlantirishda mavjud bo‘lgan boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Asosan, tropik qishloq xo‘jaligi rivojlangan bo‘lib, jahon bozoriga kofe, choy, kokos palmasi mahsulot- lari, turli ziravorlar olib chiqadi. Mintaqaning ba’zi davlatlari konchilik sanoati mahsulotlarini (mis) ham eksport qiladi. Qayta ishlovchi sa- noat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Tashkil qilingan tabiiy bog‘lar va qo‘riqxonalar turizmni rivojlanishiga yordam beradi (19-rasm). Sharqiy


  1. rasm. Afrikaning turistik resurslari

Afrika aholisi etnik jihatdan turli qabila va urug‘, elat va millatlardan tashkil topgan. Keniya subregiondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dara- jasiga ko‘ra peshqadam davlat hisoblanadi.

Janubiy Afrika – Yevropa, Osiyo, Amerika qit’alaridan ancha uzoq- da joylashgan bo‘lsada, qulay transport-geografik o‘ringa ega. Uning qirg‘oqlaridan muhim dengiz yo‘li yo‘nalishlari o‘tadi. Janubiy yarim- sharning tropik va subtropik mintaqalarida joylashgan subregion tur- li tabiiy resurslarga (ayniqsa, mineral resurslarga) boy. Janubiy Afri- ka Respublikasi nafaqat subregiondagi, balki qit’adagi iqtisodiy jihat- dan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mine- ral resurslarni yetkazib beruvchi davlatlardan biri. Uning iqtisodiyotida konchilik sanoatidan tashqari, qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda mahsulot tayyorlab beradi. Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. Aholisi etnik jihat- dan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga JAR aholisi milliy tarkibida yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori.

Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatla- riga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish da- rajasi pastligi, aholisining milliy va diniy tarkibidagi o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining past ko‘rsatkichlari, si- yosiy mustaqillikka erishish davrida etnik xususiyatlar e’tiborga olinma- gan holda milliy chegaralanishning amalga oshirilganligi kabi holatlar ko‘plab geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik esa ekologik muam- molarning (masalan, cho‘llashish muammosi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.


Subregionlar, Shimoliy Afrika davlatlari, G‘arbiy Afrika davlatlari, Sharqiy Afrika davlatlari, Markaziy Afrika davlatlari, Janubiy Afrika davlatlari, cho‘llashish muam- mosi, monokultura.


  1. Afrikadagi davlatlar iqtisodiy taraqqiyotda ortda qolayotgan davlatlar hisoblana- di. Bunga qanday omillar sabab bo‘lgan?

  2. Afrika davlatlariga xos bo‘lgan demografik vaziyatga baho bering.

  3. Daftaringizga Afrikaning har bir subregionida joylashgan davlatlarga beshtadan misol yozing.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling