Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. SHARQIY VA JANUBI – SHARQIY OSIYO DAVLATLARI


Download 1.04 Mb.
bet84/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

29-§. SHARQIY VA JANUBI – SHARQIY OSIYO DAVLATLARI



Sharqiy Osiyo davlatlari. Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy, janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq. Mazkur mintaqa Yer shari quruqlik maydoning deyarli 8% ini egallaydi; dunyo aholisining 22,2% ni o‘z ichiga oladi; dunyo bo‘yicha YMM ning 1/4 qismidan ortiq shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Subregion hududida 5 ta mustaqil davlat joylashgan.

Sharqiy Osiyo subregioni Osiyoning maydon jihatdan eng katta mintaqasi hisoblanadi. Uning davlatlari orasida Xitoy maydon katta- ligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni egallaydi. Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi o‘rinni egallaydi. Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini o‘zi- da singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy Xalq Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat siyosat yuri- tuvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq Demokratik Res- publikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya tuzumiga ega bo‘lgan, jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat – Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past dara- jada rivojlangan Mongoliya joylashgan.

To‘g‘ridan to‘g‘ri Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega (Mongoli- yadan tashqari) ekanligi, subregionning qadimiy sivilizatsiya markaz- laridan biri ekanligi geografik o‘rnining ijobiy jihatlari hisoblansa, g‘ar- biy va janubiy qismlarining baland tog‘liklardan iboratligi, asosiy qismi Tinch okeanbo‘yi seysmik zonasida joylashganligi, salbiy jihat sifatida namoyon bo‘ladi.

Sharqiy Osiyo davlatlari relyef xususiyatlari nisbatan o‘xshash. Barcha davlatlarda tog‘li hududlar katta maydonni tashkil qiladi. Shu



bilan bir qatorda, Gobi, Taklamakon kabi cho‘llar ham mavjud. Tog‘ol- di, daryo vodiylari, dengizbo‘yi hududlari mintaqaning asosiy tekislik hududlarini tashkil qiladi (24-rasm).

Taklamakon cho‘li Yaponiya Tibet tog‘lari



  1. rasm. Sharqiy Osiyo mamlakatlari tabiati manzaralari

Sharqiy Osiyo davlatlari, asosan, mo‘tadil, subtropik va subekvato- rial mintaqalarda joylashgan. Mazkur davlatlar iqtisodiyotida ularning hududida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar katta ahamiyatga ega. Mineral resurslarning turli ko‘rinishlari Yaponiyadan boshqa barcha davlatlarda tarqalgan bo‘lsa, Yaponiya, Koreya yarimoroli davlatlari suv resurslar- iga boyligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, yer (Xitoy), o‘rmon (Xitoy, Koreya yarimoroli davlatlari), rekreatsion (Yaponiya, Xitoy, Ko- reya Respublikasi) resurslar ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega.

Subregion aholi soni, uning zichlik darajasi yuqori bo‘lgan hudud- lardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili Yaponiya, Koreya Respublikasi aholisining tabiiy ko‘payish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularda tug‘ilish darajasi pastligi sababli aholi orasida katta yoshlilar hamda qariyalarning salmog‘i ortib bormoqda. Xitoyda aholi sonining sekin o‘sishiga, bu yerda so‘nggi yillargacha olib borilgan aholi sonini qisqartirishga qaratilgan demografik siyosat sabab bo‘lmoqda. Mintaqa davlatlari orasida KXDR va Mongoliyada tabiiy ko‘payish jarayoni yuz bermoqda. Subregionda aholi o‘rtacha zichligi 1 km2ga 136 kishiga teng. Aholi zichlik ko‘rsatkichlari Koreya Respublikasida eng yuqori (1 km2ga 510 kishi), Mongoliyada esa eng past (2 kishi).

Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda, uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), Ko- reya Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) ko‘rsat- kichlar kuzatiladi. Sanoatida konchilik (Xitoy, Mongoliya, KXDR),

yoqilg‘i-energetika (Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya), qora va rangli metallurgiya (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), mashinasoz- lik (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), kimyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, KXDR), o‘rmon va yog‘ochsozlik (Xitoy, Koreya Respublikasi), yengil va oziq-ovqat (subregionning barcha davlatlari) tarmoqlari muhim ahamiyatga ega. Turli tarmoqlarda sanoat mahsu- lotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi davlatlari jahonda yetakchi davlatlardan hisoblanadilar. Ayniqsa, ushbu davlatlarning qora metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektroni- ka va elektrotexnika, kimyo sanoatlaridagi ulushi katta.



Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi katta ahamiyatga ega. Mongoliya va Yaponiya qishloq xo‘jaligida chor- vachilikning, qolgan davlatlarda esa dehqonchilikning hissasi yuqori. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (bug‘doy, sholi, makkajo‘xo- ri), texnik ekinlar yetishtirish (paxta, tamaki, choy, kartoshka, soya), bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol- chilik, cho‘chqachilik, parrandachilik va baliqchilik muhim o‘rin tutadi. Mongoliyada qo‘y va echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va bug‘uchilik tarmoqlari ham rivojlangan. Transportida quruqlik trans- porti muhim ahamiyatga ega. Dengizbo‘yida joylashgan davlatlarda suv transporti ham yaxshi rivojlangan.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling